Bugun, 23-iyun kuni “Laskoviy may” guruhi solisti, 80-yillar oxiri 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etgani haqida xabar qilindi.
Yuriy Shatunov 1973-yil 6-sentabrda tug‘ilgan bo‘lib, otasi va onasidan erta ayrilgan. Bolalar uyida katta bo‘lgan. Orenburgdagi internatda badiiy to‘garak rahbari bo‘lgan Sergey Kuznetsov bilan tanishuv uning hayotida tub burilish yasaydi. Yuriy Shatunov 1986-yil u bilan birgalikda “Laskoviy may” guruhini tashkil qiladi.
Mazkur guruh tomonidan yaratilgan “Beliye rozi”, “Leto”, “Pust budet noch”, “Sedaya noch”, “Nu, chto je ti…”, “Tayushiy sneg” kabi qo‘shiqlar tez orada xitga aylanadi.
Yuriy Shatunov O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan guruh — “Bolalar” guruhi bilan yaqin hamkorlikda bo‘lib, guruhning konsertlariga muntazam ravishda tashrif buyurgan.
Qo‘shiqchining vafotiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)