• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda xiyonat ustida ushlangan homilador ayol qarindoshining bolalarini o‘ldirdi

    Andijonda voyaga yetmagan ikki bola qasddan o‘ldirilib, o‘zi yashayotgan xonadonga ko‘milgani xabar berilgandi. Bosh prokuratura bolalarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etilganini ma’lum qildi.

    Ma’lum qilinishicha, jinoyatni fosh qilishga qaratilgan tezkor tergov tadbirlar natijasida mazkur jinoyat Izboskan tumanida yashovchi 27 yoshli ayol tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

    Andijon shahridagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida qarindoshlar o‘rtasida kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan ushbu qotillik jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Unda viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Farrux G‘iyosov, viloyat prokurori o‘rinbosari Doniyor Masaliyev, Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan.

    Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Farrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, mudhish voqeaning yuz berishiga qarindoshlar o‘rtasida 3-4 oy oldin sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchining turmush o‘rtog‘i u bilan ajrashgan. Shundan so‘ng gumonlanuvchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganligi sababini bolalarning onasidan ko‘rib, qasd olish maqsadida ularni o‘ldirish rejasini tuzgan.

    “2022-yil 16-iyun kuni Andijon shahar ‘O‘zbekiston’ MFY Zafar ko‘chasida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan S.D. mas’ul tashkilotlarga murojaat qilib, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi —  2011-yilda tug‘ilgan o‘g‘li O‘.S. hamda 2014-yilda tug‘ilgan qizi O‘.R.larning ko‘chaga chiqib bedarak yo‘qolib qolganini ma’lum qilgan. Hamda ularni topishda amaliy yordam so‘ragan. Bu bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Surishtiruv mobaynida o‘sha kuni ularning xonadoniga izboskanlik qarindoshi D.Y. kelganligi ma’lum bo‘lgan”, — deyiladi qotillik muhokamasida.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Bu paytda D.S. bozorda bo‘lgan. D.Y.dan bolalar haqida so‘ralganida bolalar cho‘milishga ketganini va qaytib kelmaganligini aytgan. Tezkor surishtiruv natijasida ayol bergan ma’lumotlar yolg‘on ekanligi aniqlangan. Oradan ikki kun o‘tgach, ayolning o‘zi ikki nafar voyaga yetmagan bolalarni o‘ldirib, jasadlarni qopga solib uyning yerto‘lasiga olib tushib qo‘ygani ma’lum bo‘lgan.

    Aniqlanishicha, jabrlanuvchi S.D. va gumonlanuvchi D.Y. o‘zaro qarindoshlar bo‘lgan.

    “S.D. Andijon shahridagi ‘Yangi bozor’ hududida oziq-ovqat mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanadi. Odatda ayol ertalab ishga chiqib ketadi, farzandlari esa uyda qarovsiz qoladi. Bir kuni u bilan yashovchi qarindoshi D.Y. turmush o‘rtog‘ining Toshkent shahrida ishlab yurishidan foydalanib, S.D. bilan birga yashovchi uyiga begona erkakni olib kelgan. Bundan xabar topgan S.D. xolavachchasining akalariga xabar bergan. Buni eshitgan akalar voqea joyiga kelgach, D.Y. uydagi eri ekanini, Toshkentdan kelganini aytgan. Akalari D.Y.ning turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilgach, bor holat oydinlashgan. Shu sabab ham D.Y. turmush o‘rtog‘idan ajrashgan va bunda S.D.ni aybdor deb bilgan. Va uning bolalarini o‘ldirish to‘g‘risida reja tuzgan. Reja sabab bugun shu qotillik ro‘y bergan”, — deyiladi muhokama yig‘ilishida.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Aniqlanishicha, qotillik ro‘y bergan kuni jabrlanuvchining o‘g‘li Sayfiddin cho‘milishga chiqib ketadi. Singlisi Robiyaxon esa uyda qoladi. D.Y. qizni hammomga olib kirib, bo‘g‘ib o‘ldirgan va qopga solib uyning yerto‘lasiga olib kirib qo‘ygan. Sayfiddin uyga kelgach esa uning uxlab qolishini poylagan. Bola taxminan soat 15:00-16:00 oralig‘ida uxlab qolgan. Bola uxlagach, D.Y. o‘tkir tig‘li jism bilan uning ko‘krak qismiga va tanasining boshqa qismlariga jarohat yetkazgan. Shu payt bola uyg‘ongan va qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan. Ammo ayol Sayfiddinni bo‘g‘ib o‘ldirgan va uni ham choyshabga o‘rab yerto‘laga olib tushib qo‘ygan. Kechga yaqin ona uyga kelib, bolalarining yo‘qolganini bilgan va ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Xodimlar voqeani joyiga chiqib o‘rgangan. Ikki kundan so‘ng jasadlar topilgan”, — deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux G‘iyosov.

    Qo‘shnilarning aytishicha, bolalar uch kun izlangach, ularning jasadi 19-iyun kuni uy yerto‘lasidan topilgan.

    “16-iyun kuni ularni ‘Oq go‘r’ masjidigacha borib izladim. 17-kuni ishga ketib, qaytganimda ham topilmagan ekan. Kechqurun temiryo‘l vokzali, aeroport tomonlargacha bordim. 18-kuni ham topilmadi. 19-kuni ertalab uyiga kirib, ulardan ‘Opa nima bo‘ldi, topildimi?’, deb so‘raganimda ‘Yo‘q, topilmadi, izlayapmiz’, degan javobni berdi. Shunda opa bu yerda ikkita narsa bo‘lishi mumkin, birinchisi pul muammosi borligi uchun olib, yashirib qo‘ygan yoki ikkinchi muammo ‘Balki, Yorqinoy jinnidir? Agar jinni bo‘lsa, bu vaqtgacha qaytarib berishi kerak edi’, dedim. Shu paytda bolalarning onasi va bir otincha xolasi kirib kelayotgandi. Keyin uyda ayol kishi ko‘paygani uchun o‘zimni bilib, uyimga chiqib ketdim. Uyga kirib, pichoqni olib, turmush o‘rtog‘imga ‘Yur onasi qo‘shnilarnikiga chiqib, sen ularga dalda bo‘lasan men tarvuzini so‘yib beraman’, deb yana qaytib chiqdik. Eshikdan kirganimni bilaman ammasi chaqirib, ‘Uka keling, mana bu yerni to‘g‘rilab bering, tushib ketib qoldi’, dedi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Qarasam, gilam ochilgan, pol turibdi. Polni olishim bilan uy tutab ketdi. Bir ikkita pashshalar ham chiqdi. Shunda ‘Opa podvalda pashsha yurmaydi. Issiq joyda pashsha bo‘ladi. Podval sovuq, bu yerda bo‘lmaydi’, dedim. Ular qarayverishimni so‘radi. Shunda polning bo‘laklari, taxtachalarni chiqarsam, hid chiqishi kuchaydi. Pastga engashib qaraganimda, velosiped va uch-to‘rt qop banka turgan ekan. Shunda bolalarning onasi ‘voy bolam’, deb yig‘lavordi. ‘Yig‘lamang’, deb tashqariga chiqarib yubordik. Xonada to‘rtta ayol va men qolgandik. Polga yotib, bankalarni olib berdim. Qolgan qoplarni ham olish uchun yana qo‘limni cho‘zganimda bolaning qo‘lini ko‘rdim. Rangi to‘q ko‘k rangda bo‘lib ketgan ekan. Shunda xonadan qanday qilib, otilib chiqib ketdik, bilmayman. O‘zimga kelib, keyin mahalladagi akani va bir tog‘ani chaqirdim. Ular fonarni yoqib turgandi. Matrasni ushlaganimda bolaning qo‘li qimirlayotgandi. Matrasni yirtganimda bolaning holatini ko‘rdim. Shu bilan voqea joyidan chiqib ketdik. Bo‘lgan voqea shu”, — deydi qotillik yuz bergan xonadon qo‘shnisi.

    Muhokamada ishtirok etgan fuqarolar qotillikda gumonlanayotgan ayol homilador ekanini, ammo bu vahshiyligi uchun dunyoga kelajak farzandini unga bermay, onalik huquqidan mahrum qilish kerakligini taklif qilgan.

    22.06.2022, 23:01   Izoh (0)   65689
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda tegishli ruxsatnomasiz xususiy universitet tashkil etib, 73 kishini chuv tushirgan shaxslar aniqlandi

    22.06.2022, 22:46

    Qashqadaryoda bog‘cha qorovuli ishga kirish uchun mudiraga 600 ming so‘m pul bersa-da, ishdan bo‘shatilganini aytdi. Mas’ul esa sobiq ishchi ayol qorovulga tegajog...

    22.06.2022, 22:34

    O‘zbekiston va Ozarbayjon sayyohlik kompaniyalari ishtirokida sayyohlik yarmarkalari o‘tkazishga kelishib oldi

    22.06.2022, 22:10

    DTM mas’uli abituriyentlar duch kelayotgan noqulaylikni izohlab, kirish imtihonlari qayerda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritdi

    22.06.2022, 21:09

    Kattaqo‘rg‘on shahridagi tug‘uruqxonada 33 yoshli ayol vafot etdi

    22.06.2022, 20:35

    “Qachondan boshlab milliy xususiyatlar haqorat bo‘lib qoldi?”. Alisher Qodirov “lo‘lichilik qilmang” degan gapiga izoh berdi

    22.06.2022, 20:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ulg‘aygandan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan “Garri Potter” aktyorlari (foto)

    Kino | 18 avgust, 17:35

    “PSJ”ning rossiyalik hamda ukrainalik futbolchilarining o‘zaro munosabatlari haqida ma’lumot berildi

    Sport | 18 avgust, 17:30

    Namanganda “hujralar” tashkil etib, diniy ta’lim berish yo‘li bilan daromad topayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 17:17

    Qozog‘iston armiyasi WhatsApp va Telegram’dan foydalanishni to‘xtatadi

    Qozog‘iston | 18 avgust, 17:10

    Bunday velodrom O‘zbekistonda birinchisi: 290 mln dollarlik Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi (foto)

    O‘zbekiston | 18 avgust, 16:55

    Yengil dofamin: nega ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishimiz yo‘qolib boryapti?

    Gadjetlar | 18 avgust, 16:55

    Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.