Mashhur turk aktrisasi Irem Helvajio‘g‘li “Muhtasham yuz yil” va “So‘yla, Qora dengiz” serialidagi roli va kinodagi boshqa ijrolari bilan ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olgan. Aktrisa yorqin iste’dodga ega va turli xil obrazlarni mukammal tarzda ijro eta oladi, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Yaqinda jurnalistlar aktrisadan qisqa intervyu olishga muvaffaq bo‘ldi. Unga ko‘ra, aktrisa tez orada yangi loyihada ishtirok etishini ma’lum qilgan. U qisqa ta’tildan so‘ng darhol yangi loyiha haqida batafsil aytib berishga va’da ham bergan.
Jurnalistlarning turmushga chiqishga tayyorgarlik ko‘ryapsizmi, degan savoliga aktrisa shunday javob berdi:
“Sevgan insonim bilan munosabatlarim yaxshi, lekin to‘yni oldindan e’lon qilmayman, bu muxlislar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lsin”.
Eslatib o‘tamiz, Irem va Yo‘lach O‘zdan Turkiyaning eng go‘zal juftliklaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga doir:
- Turk kinosining taniqli aktyor va aktrisalari hamda mashhurlikda ulardan qolishmaydigan farzandlari (foto)
- Turk kinosining turmush qurgan va bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftliklari (foto)
- Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida suratga tushmaydi
Izoh (0)