Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya AQSHga tashrif buyurdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Delegatsiya AQSH hukumati, BMT, xalqaro moliya institutlari, axborot texnologiyalari gigantlari, venchur va investitsiya fondlari vakillari, Kremniy vodiysida faoliyat yurituvchi ekspatlar bilan muzokaralar o‘tkazadi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif dasturidan Apple, Google, Meta, Coursera, Visa, MasterCard va boshqa kompaniyalarning bosh ofislarida uchrashuvlar o‘rin olgan.

Uchrashuvda IT kompaniyalarning O‘zbekistonning ichki bozoridagi ishtirokini kengaytirish uchun kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan. 

O‘zbekistonda yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratish, onlayn platformalar foydalanuvchilari uchun monetizatsiya vositalaridan foydalanish, ushbu sohadagi xizmatlar eksportini oshirish masalalari ham muhokama qilinadi.

Avvalroq SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalar amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi bog‘chada bolalar oyog‘iga igna tiqilgani ortidan ikki kishi jarimaga tortildi
Dunyo
Lukashenko Kaxovka GESni ukrainaliklar atay portlatganini aytdi va buning “sababini” keltirdi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bolaning jasadi topildi