Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 21-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Ularning natijalari bo‘yicha sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilm-fan va innovatsiyalar, turizm va boshqa sohalarga doir ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
22-iyun kuni Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)