Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir va kuzatildi. “Daryo” Toshkent shahrida kuzatilgan yog‘ingarchilikdan videoreportaj tayyorladi.
Tasvirlarda poytaxt ko‘chalarining ba’zi joylari suv bilan to‘lgani va bu o‘z navbatida piyoda hamda avtomobillar harakatiga noqulayliklar tug‘dirganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq “O‘zgidromet” 20-iyun kuni O‘zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy hududlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi haqida ogohlantirgandi. Xususan, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq paytida shamol 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligi aytib o‘tilgan. Shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 23-28 darajani tashkil etishi qayd etilgan.
Izoh (0)