O‘zbekistonda 16-iyun kuni 59 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 239 435 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 1 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 4 nafari Toshkent viloyatida,
- 45 nafari Toshkent shahrida
Kecha kun davomida:
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
- Toshkent viloyatida 2 nafar,
- Toshkent shahrida 32 nafar
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2-fevral kuni koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 15 kun ichida ilk bor 1000 tadan kamaygandi. 9-fevraldan boshlab mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni bir oy ichida ilk bor 700 tadan kamaydi. Mamlakatda kunlik kasallanish bo‘yicha 200 kishidan past ko‘rsatkich so‘nggi marta 18-fevralda (191 kishi), 100 kishidan past ko‘rsatkich esa 28-fevralda (96 kishi), 22-mart kuni esa 7 kishida koronavirus tasdiqlangan. 2-may — Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus qayd etilgan edi.
Izoh (0)