O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—may oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 13,8 million dollariga teng bo‘lgan 25 382 ta konditsioner eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2750 taga oshgan. O‘zbekiston 2022-yilning 5 oyida konditsioner eksport qilgan asosiy davlat Ozarbayjon — 13 064 ta mahsulot yetkazib berilgan. Bundan tashqari:
- Tojikiston – 2940 ta;
- Qozog‘iston – 2262 ta;
- Turkmaniston – 2119 ta;
- Rossiya – 2015 ta;
- Qirg‘iziston – 1675 ta;
- Turkiya – 492 ta;
- Moldova – 459 ta;
- Armaniston – 350 ta.
Izoh (0)