• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy ta’limga qabulda nimalar o‘zgarmoqda? Abduqodir Toshqulov eng so‘nggi yangiliklarni aytdi

    2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul bo‘yicha bir qator o‘zgarishlar qilinmoqda. Bu haqda 16-iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov batafsil to‘xtaldi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Abduqodir Toshqulovning aytishicha, dastlabki muhim yangilik — tizimda masofaviy ta’lim joriy etilmoqda.

    “Bu hamma oliy ta’lim muassasalariga berilmadi. 12 ta OTMga 3 ming 410 ta kvota ajratildi. Ta’limni yangi bosqichga ko‘tarishimiz kerak. Bunday tajriba dunyoda bor”, — dedi vazir.

    Ma’lum qilinishicha, keyingi o‘zgarish — xorijiy va nodavlat OTMlariga davlat grantlari kvotasi 2 barobarga ko‘paytirildi. Ya’ni kvotalar soni bir yilda mingtaga yetkazildi.

    “Xotin-qizlarga beriladigan mingta kvota ham ikki mingtaga ko‘paytirildi. Undan tashqari, 5 yil staji bo‘lgan xotin-qizlar uchun ham 500 ta kvota ajratiladi. Masalan, hamshira 5 yil ishladi. Tibbiyot akademiyasiga o‘qish uchun hujjat topshirsa va xotin-qizlar qo‘mitasi unga tavsiyanoma bersa, konkursda qatnasha oladi. G‘olib bo‘lsa, o‘qishga kiradi”, — dedi Abduqodir Toshqulov.

    Abduqodir Toshqulov

    Abduqodir Toshqulov
    Foto: “Daryo”

    Vazirning aytishicha, bu yil o‘qishga qabulda xususiy OTMlarga ko‘proq kvota berilgan.

    Yana bir yangilik — o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq. Abduqodir Toshqulov “perevod”ga endi faqatgina 2 ta shart bilan ruxsat berilishini aytdi.

    “Talaba turmush o‘rtog‘i yashayotgan hududga ko‘chib borsa, unga o‘qishini “perevod” qilishga rozilik beriladi. Ikkinchisi, davlat xizmatchisining ish joyi boshqa hududga ko‘chsa, uning voyaga yetmagan farzandi talaba bo‘lsa, o‘qishini ko‘chirishi mumkin. O‘qishni ko‘chirishni balo deb aytaman. Bu oliy ta’limni obro‘siga putur yetkazmoqda. Biz o‘qishga kirayotganda asosan 2 ta savol beradigan bo‘lib qoldik. Birinchisi, o‘tish balli eng past OTM qaysi viloyatda? Ikkinchisi, qaysi ta’lim yo‘nalishi eng past balli? Nega bunday savol berilgani so‘ralsa, “biz shunga topshirib keyingi yilga o‘qishni ko‘chirmoqchimiz”, deyishadi. Qani bu yerda maqsad? Qani O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shaman degan ezgu g‘oya? Bitta maqsad — diplom olish. Ota-onasi sovchilikka borganda “o‘g‘lim oliy ma’lumotli”, degan gap kerak. Endi bu eskilik narsalardan voz kechish kerak”, — dedi vazirlik rahbari.

    Aytilishicha, endilikda oliy ta’lim tizimida akadem mobillik yo‘lga qo‘yiladi. Bunda talaba o‘zi o‘qiyotgan OTMdan boshqa kuchliroq OTMda vaqtincha o‘qib, u yerdagi muhitni o‘rganib, yana o‘z oliygohiga qaytadi. Bu talabalar almashinuvi orqali aqliy o‘sishga yordam beradigan jarayonligi ta’kidlandi.

    “Magistraturadan mutaxassislik imtihoni olib tashlandi. Shuning bilan eng katta muammo hal qilindi. Endi xalqaro til sertifikati bor bakalavriat bitiruvchilari magistraturaga hujjat topshirsa, o‘qishga imtihonsiz qabul qilinadi. Biz yoshlarning til bilishiga ko‘proq urg‘u beryapmiz. 4 yil o‘qigan talaba tilni mustaqil o‘rgana olmasa, unga magistraturada nima bor? Repetitorga bormasdan, onlayn platformadan tilni o‘rganib, 7 ball olyapti yoshlar”, — dedi vazir.

    Avvalroq O‘zbekiston davlat oliygohlari uchun qabul kvotalari tasdiqlangani xabar qilingandi. Xususan, kvotalar bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga 77 ming 477 nafar, sirtqi ta’limga 26 ming 95 nafar, kechki ta’limga 3 ming 725 nafar, masofaviy ta’limga 3 ming 410 nafar qilib belgilangan. Magistrlar tayyorlash uchun 10 ming 688 o‘rin ajratilgan.

    Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etilgan.

    17.06.2022, 08:15   Izoh (0)   12849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston hududlarida tez tibbiy yordam bo‘yicha yagona Call-markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

    17.06.2022, 07:51

    Chinoz tumani YHXB boshlig‘iga 1,5 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    17.06.2022, 06:50

    Qoraqalpog‘istonda qariyb 3 ming dollarni 32 mln so‘mga ayirboshlayotgan valyutafurush ushlandi

    17.06.2022, 06:29

    O‘zbekistonda endi tez yordam brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, bemorgacha bo‘lgan masofaning yaqinligiga ko‘ra yo‘naltiriladi

    17.06.2022, 04:40

    Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    17.06.2022, 02:20

    Qizil qalpoqchaning tug‘ilgan kuni, Saksoniyadagi katolik bayram, Afrikadagi qishki sovuq. 16-iyun suratlari

    17.06.2022, 01:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.