Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat statistika qo‘mitasi 15-iyun kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000–73 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 55 000–86 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 2500–7000 so‘m (-1000 so‘m);
  • piyoz (1 kilogramm) — 2000–5000 so‘m (-1000 so‘m);
  • sabzi (1 kilogramm) — 1500–6000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 7000–15 000 so‘m (+500 so‘m);
  • guruch (1 kilogramm) — 4500–22 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 15 500–28 000 so‘m;
  • shakar (1 kilogramm) — 9500–17 000 so‘m (+1000 so‘m).
Mahsulotlar narxlarida 10-iyundagiga nisbatan o‘zgarish kuzatilgan, xususan, kartoshka, piyoz (-1000 so‘m) arzonlashib, tuxum va shakar qimmatlashgan.

Ma’lumot uchun, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi