• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Qozog‘istonning Olma-ota metrosidan fotoreportaj

    Metro — jamoat transporti orasida tezkor va qulayligi bilan ajralib turadi. Shundanmi, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashib ulgurgan. “Daryo” Toshkent metropoliteni va undagi sharoitlar bilan tanishtirgan edi. Markaziy Osiyoda Toshkent metropolitenidan keyin ikkinchi bo‘lib qurilgan Olma-ota metropoliteni haqida bilasizmi?

    Qozog‘istonning Olma-ota metrosi Olma-otadagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi temiryo‘l transporti hisoblanadi. 2011-yilning dekabr oyida ochilgan metro salkam 12 yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. “Daryo” muxbiri Sevara Mirzarahimova Olma-otada bo‘lib, shahar metrosidan fotoreportaj tayyorladi.

    “Boyqo‘ng‘ir” bekati.

    “Boyqo‘ng‘ir” bekati.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Metro o‘z faoliyatini ertalab soat 06:20 dan boshlab, kechki 00:00 da yakunlaydi. Bir qarashda Olma-ota metrosi o‘zimizning metroga o‘xshash. Ammo yo‘lovchilar soni kamroq. Ehtimol, shu sabab bekatlar ichida tirbandliklar yo‘qdir. Metro bekatiga kiraverishda ma’lumot taxtachasi Toshkent metropolitenidan farqli ravishda, 3 ta tilda — qozoq, rus va ingliz tillarida berilgan.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Olma-ota metrosining uzunligi 13,4 kilometrni tashkil etib, 9 ta va 2022-yilning 30-may sanasidan 2 ta yangi bekat ochilib, hozirda 11 ta bekat mavjud. Kuniga o‘rtacha 45 ming yo‘lovchini manziliga yetkazib qo‘yish imkoniyatiga ega metroga kirgach, chipta sotadigan avtomat, bankomat va posilkalarni yetkazib berish uchun avtomatlashtirilgan terminal hamda ichimliklar sotadigan avtomat do‘konni ko‘rish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzaraximova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Metroda imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan sharoitlar e’tiborni tortishi aniq. Chunki har qadamda nogironligi mavjud insonlar uchun panduslar, taktil yo‘laklar bor.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova.

    Bekatning kirish qismida nazorat punktlari mavjud. Quyidagi rasmda metro xodimlari nazorat postida metroga kirayotgan yo‘lovchining yukini tekshirmoqda.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Olma-ota metrosining bir martalik yo‘l haqi 80 qozoq tengesi (o‘zbek so‘mida sal kam 2 ming)ni tashkil qiladi. 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 40 tenge (ming so‘m). Jetonning amal qilish muddati sotib olingan vaqtdan boshlab 1 sutka. Muddati o‘tgan jetonlarni haftaning har chorshanba kuni “Jeton kuni” aksiyasida ishlatish mumkin. Bundan tashqari, qayta foydalanishga mo‘ljallangan smart kartalar yoki shu kabi bank va transport kartalari orqali ham to‘lovni amalga oshirish mumkin.

    Nazorat punktidan o‘tdingiz va kassadan jeton olib, turniketdan o‘tasiz. Keyin uzun eskalatorlar sizni kutib oladi.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Bu yerda hali ham antiseptik vositalardan foydalanish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Metroning “Boyqo‘ng‘ir” bekati. Bekat zamonaviy high-tech usulida ta’mirlangan bo‘lib, nomi Boyqo‘ng‘ir  kosmodromi nomidan olingan. Devorlari ko‘k va och kulrang metall panellar bilan qoplangan hamda ko‘zi ojiz insonlar uchun taktil plitka chiziqlar bor.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Har bir bekatda metro yo‘nalishi va bekatlari haqida ma’lumot taxtalari mavjud. Lekin unchalik ham tushunarli emas. Balki metroning o‘zi katta emasligi sababdir.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Vagonning tashqi ko‘rinishi.

    Vagonning tashqi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Vagonning ichki qismidan ko‘rinishi.

    Vagonning ichki qismidan ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Vagon eshigining tepa qismida yo‘nalish va bekatlar haqida ma’lumot.

    Vagon eshigining tepa qismida yo‘nalish va bekatlar haqida ma’lumot.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    “Jibek jo‘li” bekati. Ipak yo‘li ma’nosini anglatuvchi bekatni Toshkentning Amir Temur metro bekatiga o‘xshatish mumkin. Ushbu bekatdan chiqish bilan Skver (Square broadway) kabi yoshlarga to‘la ko‘chadan chiqasiz.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Toshkent metrosida poyezd jo‘nab ketgan vaqtini ko‘rsatib turuvchi ekran bo‘lsa, Qozog‘iston metro bekatlaridagi ekranlar poyezdning kelish vaqtini ko‘rsatadi.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Shuningdek, bekatlarda yo‘lovchilarni ogohlantiruvchi belgilarni ham uchratish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Platformaning chetida ham ko‘zi ojiz insonlar uchun maxsus bo‘rtib chiqqan 3 qator chiziq tortilgan.

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Bekatga rolik va velosipedda kirish mumkin emas, degan belgi. Bundan tashqari, chekish hamda quloqchindan ham foydalanish mumkin emasligi ko‘rsatilgan.

    Poyezdlarning bekatlarga kelish vaqtining umumiy jadvali.

    Poyezdlarning bekatlarga kelish vaqtining umumiy jadvali.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    “Muxtar Auezov nomli teatr” bekatining ko‘rinishi.

    “Muxtar Auezov nomli teatr” bekatining ko‘rinishi.
    Foto: Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Metrodan chiqishdagi turniket. Nafaqat bekatga kirishda, balki chiqishda ham turniketlardan o‘tiladi. Yagona farqi chiqishdagi turniketlar mutlaqo bepul.

    Imkoniyati cheklanganlar uchun pandus.

    Imkoniyati cheklanganlar uchun pandus.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Taktik yo‘laklar metroga kirishdan to chiqishgacha bor.

    Chiqish yo‘laklari tasviriy san’at namunalari bilan bezatilgan.

    Chiqish yo‘laklari tasviriy san’at namunalari bilan bezatilgan.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Metroga kirishning tashqari tarafdan ko‘rinishi.

    Metroga kirishning tashqari tarafdan ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

    Mavzuga doir:

    • Qulay, tez va ishonchli jamoat transport vositasi — metro tarixi
    • Kassalarda navbat, tibbiy yordam ololmaysan, bekatlarni nomi emas, o‘rindiqlariga qarab ajratasan. Toshkent metrosiga nimalar yetishmayapti?
    • Buzib tashlanayotgan prezident qarorgohi va ta’mirlanayotgan shahar hokimligi binosi: Yanvar voqealaridan keyingi Olmaota shahridan fotoreportaj

    16.06.2022, 16:41   Izoh (0)   20909
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.