O‘zbekistonda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta tashkil etiladi. Bu “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan, deb xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi.
Hujjatga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida:
- o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari prezident farmoyishiga ko‘ra tasdiqlanadi;
- bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;
- magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o‘tkazilmaydi.
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi.
Izoh (0)