2022-yili ham 5 tagacha yo‘nalish tanlash mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Endilikda abituriyent turli ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, abituriyentlarga:
- test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;
- ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Izoh (0)