2022-yildagi eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga “hh.uz” xabar berdi.
Eng ko‘p maoshli mutaxassisliklar axborot texnologiyalari va konsultatsiya sohalari bo‘lib, ularda maksimal darajadagi oylik ish haqi 51 mln so‘mga teng bo‘lgan.
2022-yilda axborot texnologiyalari sohasi vakillari eng ko‘p o‘rtacha ish haqi olgan — 11,7 mln. Mahalliy xodimlar esa 2,7 mln bilan eng kam o‘rtacha ish haqiga ega.
Turli sohalarda o‘rtacha oylik ish haqi:
- Konsalting — 10,9 mln;
- Oliy menejment — 10,7 mln;
- Tibbiyot, farmatsevtika — 8,6 mln;
- Qurilish, ko‘chmas mulk — 8,3 mln;
- Advokatlar — 7,6 mln;
- Xodimlarni boshqarish, treninglar — 6,9 mln;
- Banklar, investitsiyalar, lizing — 6,8 mln;
- Fan, ta’lim — 6,8 mln;
- Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi — 6,6 mln;
- Xaridlar — 6,2 mln;
- Buxgalteriya hisobi va moliya — 6 mln;
- Savdo — 5,8 mln;
- Marketing, reklama, PR — 5,7 mln;
- Jihozlarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish — 5,5 mln;
- Transport, logistika — 5,4 mln;
- San’at, ko‘ngilochar, ommaviy axborot vositalari — 5 mln;
- Operatsion xodimlar — 5 mln;
- Sug‘urta — 4,9 mln;
- Xavfsizlik — 4,8 mln;
- Yangi ish boshlaganlar va talabalar — 4,8 mln;
- Avtomobil biznesi — 4,7 mln;
- Turizm, mehmonxonalar, restoranlar — 4,1 mln;
- Ma’muriy xodimlar — 4 mln;
- Sport klublari, go‘zallik salonlari xodimlari — 3,4 mln;
- Xomashyo qazib olish — 2,8 mln;
- Mahalliy xodimlar — 2,7 mln.
Izoh (0)