Erling Holand “Manchester Siti” bilan shartnoma imzoladi.
21 yoshli futbolchi “shaharliklar” bilan 2027-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
10-may kuni “Manchester Siti” norvegiyalik hujumchi transferi borasida “Borussiya D” bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Manchester klubi Holand uchun 75 million yevro to‘lab berishi aytilgandi. Erling Angliyada haftasiga 350 ming funt maosh va qo‘shimcha bonuslar oladi.
Holand transferi “shaharliklar” uchun futbolchining maoshi bilan hisoblaganda deyarli 250 million yevroga tushishi aytilgandi. Qo‘shimchasiga Erlingning agentiga ham 50 million yevro to‘lab beriladi.
Norvegiyalik futbolchi “Borussiya”ga 2020-yilning yanvarida o‘tgandi. Shu vaqtga qadar u Dortmund klubi safida 89 ta o‘yin o‘tkazib, 86 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)