Rossiya prezidenti Vladimir Putin Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining (EHM) 2022-yil 15-martdan keyin qabul qilingan qarorlarini ijro etmaslik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Prezident tomonidan imzolangan yana bir qonunda Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish uchun asoslar qatoridan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlari olib tashlangan.
Rossiya 15-martgacha qabul qilingan qarorlar bo‘yicha 2023-yilgacha kompensatsiya to‘laydi. Ushbu to‘lovlar rublda amalga oshiriladi.
Putin imzolagan qonunlar Rossiya mart oyi o‘rtalarida Yevropa Kengashidan chiqarib yuborilib, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyaga qarshi shikoyatlarni ko‘rib chiqishni to‘xtatgan keyin Davlat Dumasi tomonidan qabul qilingan edi.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya fuqarolari mamlakat sudlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishi yoki o‘z huquqlari hokimiyat tomonidan buzilgani haqida arznoma yo‘llashi mumkin bo‘lgan instantsiya edi. Shikoyatlar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilardan biri bo‘lib kelgan. Garchi 2015-yilda Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlarini bajarilmaydigan deb topishi mumkinligi to‘g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, rasmiylar Strasburg sudi tomonidan qo‘yilgan jarimalarni muntazam ravishda to‘lab kelgan.
Izoh (0)