Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati Navbahor tumani va Buxoro shahrida ishga qabul qilish va xorijiy davlatga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Navbahor tuman Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.M. fuqaro Sh.ni ushbu birlashmaga feldsher vazifasiga ishga kiritib qo‘yishini aytgani aniqlangan. Xizmati evaziga 7 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departament, DXX hamda IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Buxoro shahrida yashovchi fuqaro U.E. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, o‘zi va singlisini tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish masalasini 9,6 ming dollarga kelishgani aniqlangan. Shundan 600 dollari va 1 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?