Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida gaz quvurini yuqori bosimli tarmoqqa ulab berish uchun pul olgan gaz ta’minoti korxonasi xodimlari ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Oltinko‘ltumangaz” bo‘limi xodimlari M.A. va J.M. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning “Sadda” MFY hududidagi xonadonini yuqori bosimli yer usti gaz tarmog‘iga ulab berish masalasini tanishlari yordamida hal qilib berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga ular fuqarodan 3,5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda savdo do‘koni olib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan Yangiobod bozori mas’ul xodimi ushlangani, Buxoroda transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani, Farg‘onada qaynsinglisiga himoyachi bo‘lishini iltimos qilgan ayoldan 8 ming dollar olgan soxta advokat ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda