Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida taniqli xattot Habibulla Solih tomonidan “Usmon Mus’hafi”ning aynan ko‘chirilgan nusxasi markazga taqdim etildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi

Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi

Ma’lum qilinishicha, ushbu noyob va qimmatli tuhfa markaz direktori Shoazim Minovarov hamda markaz direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur tomonidan qabul qilib olingan.

Tadbirda O‘zbekistondagi diniy ulamolar, ziyolilar, soha mutaxassislari va tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan. Jarayonda bevosita qatnashgan, Qur’oni Karim tafsiri mualliflaridan biri bo‘lgan ulamo Shayx Abdulaziz Mansur bu qilingan ish nafaqat O‘zbekiston, balki jahon xattotligi san’ati va butun islom olami uchun katta va quvonchli voqea ekanini ta’kidlagan.

Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi

Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi

“Mahobatli inshoot barpo etilishidan ilhomlanib, imkon darajasida hissa qo‘shish niyatida buzoq terisidan maxsus tayyorlangan sahifalarga, mus’haf matnining yoniga barcha uchun oson va tushunarli o‘qilishi maqsadida ‘nasx’ uslubida o‘qilishini ham alohida yozdim. Jami 586 betdan ziyoda asar bo‘ldi. Asl nusxa sahifalarining cheti va ba’zi varaqlar yarmigacha nobud bo‘lgan qismlarini xuddi o‘zidek tiklashga harakat qildim. Ikki yillik tinimsiz mehnat natijasini bugun ko‘rib turibsiz”, — deydi xattot Habibulla Solih.

Ta’kidlanishicha, “Usmon Mus’hafi”ning navbatdagi noyob nusxasi Islom sivilizatsiyasi markazining eng qimmatbaho eksponatlaridan biri sifatida saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda samarqandlik tajribali xattot Jamil Ergashev “Sadqai joriya”ga qo‘l urgan edi. U Qur’oni Karimni Samarqand qog‘oziga yozishga kirishgan edi. O‘sha vaqtda ushbu muqaddas kitobning 25 besh porasi bitib bo‘lingani aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?