• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston g‘alla islohoti: avval vaziyat qanday edi, hozir nima o‘zgardi va xorijlik ekspertlar bu haqda qanday fikrda?

    1-iyundan boshlab O‘zbekistonda g‘alla erkinlashtirildi. Endi davlat g‘allani bozor narxida sotib oladi, fermerlar esa uni birjada sotishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Avval vaziyat qanday edi?

    O‘zbekistonda g‘alla uzoq yillar davomida davlat tomonidan qattiq tartibga solinib kelgan.

    Bu rejali iqtisodiyotdan qolgan meros natijasida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga to‘g‘ri kelmaydigan rejali ishlab chiqarish va sun‘iy narxlar bo‘lgan. Bunday yondashuv tufayli ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rar edi — fermerlar va boshqalar g‘allani bozor narxidan arzonroq sotishga majbur bo‘lgan.

    Subsidiyalar, avans to‘lovlari va davlat tomonidan boshqa qo‘llab-quvvatlovlarga qaramasdan, g‘alla ishlab chiqarishni ko‘paytirish, bu sohaga sarmoya kiritish va uni rivojlantirish  uchun hech qanday rag‘bat yo‘q edi.

    Eski tizimning boshqa kamchiliklari:

    • sun‘iy xarid narxlarining belgilanishi bug‘doy yetishtiruvchi fermerlarining zarar ko‘rishga olib kelardi;
    • import qilingan va mahalliy un narxlari o‘rtasidagi katta farq korrupsiyaga olib kelardi;
    • arzon undan tayyorlangan qolipli non (“buxanka”) qo‘y va mol uchun sotib olish ko‘payib ketgan edi;
    • arzon narxlardagi un va non aholiga to‘liq yetib bormagan edi. Ko‘plab tadbirkorlar davlat unining bir qismini bozorda qimmat narxda sotishga o‘tgan edi.

    Bularning barchasi g‘alla bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga, qishloq xo‘jaligi va butun O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi.

    Nima o‘zgara boshladi?

    G‘allani erkinlashtirish jarayoni bir necha yil avval boshlangan.

    2019-yilda O‘zbekistonda un narxini tartibga solish to‘xtatildi. 2020-yilda davlat buyurtmasini, 2021-yilda esa g‘alla va davlat xaridlari uchun sun‘iy narxlarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Biroq, pandemiya sabab bu rejalar keyinga qoldirilishga to‘g‘ri keldi.

    2022-yilda esa dunyodagi vaziyat tufayli (Ukrainadagi urush va boshqa voqealar g‘alla narxi keskin oshib ketdi) bozorni erkinlashtirish jarayonini oxirigacha etkazishga qaror qilindi.

    Yangi tizimning afzalliklari:

    • ilgari davlat mablag‘lari hisobidan sotib olingan bug‘doydan un faqat “O‘zdonmahsulot” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilar edi. Endi don birja orqali barcha un ishlab chiqaruvchilarga sotiladi;
    • g‘alla narxining sun’iy ravishda pastligi yetishtiruvchilarning moliyaviy imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi va ularning hosildorlikni oshirish ustida ishlashlariga to‘sqinlik qildi. Endi yaqin besh yilda mamlakatda g‘alla yetishtirish sezilarli darajada oshadi, import esa sezilarli darajada kamayadi.
    • birinchi bosqichda davlat bug‘doyni eng kam xarid narxi 3 million so‘mdan, iyul-avgust oylarida esa birjadagi o‘rtacha narxdan kelib chiqqan holda sotib oladi. Bu fermerlar va boshqa ishlab chiqaruvchilarning daromadini oshiradi.

    Respublika bo‘yicha 40 mingga yaqin xo‘jalik g‘alla yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Har bir fermer xo‘jaligida o‘rtacha 10 ta ishchi mehnat qilsa, fermerlarning oilasi bilan qo‘shib hisoblaganda 440 mingga yaqin oilaning yoki har oilada o‘rtacha 5 kishidan hisoblaganda 2,2 mln aholining moddiy manfaatdorligi oshadi.

    Un ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar bug‘doyni birjada sotib oladi va ishlab chiqarilgan un mahsulotini birjada sotadi.

    Ishlab chiqaruvchilar soni yetarli darajada ko‘pligi sababli ushbu sohada raqobat muhiti shakllangan bu o‘z navbatida korxonalarni xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish ustida ishlashga majbur etadi. Korxona raqobatbardosh bo‘lsa, uning daromadi oshadi.

    Bug‘doy va un mahsuloti birja orqali sotilishi, ushbu mahsulotlarning harakatlanishi va soliq tushumlarining shaffofligini ta’minlaydi. Shuningdek, davlat iqtisodiyotga aralashuv yukidan xalos bo‘ladi.

    Xorijiy ekspertlarning fikri

    2020-yilda Jahon banki tahlilchilari g‘alla bozorni erkinlashtirish rejasini qo‘llab-quvvatlagan edi.

    Bu to‘g‘ri strategiya, g‘alla va paxtaga davlat buyurtmalari tizimi eskirgan va O‘zbekistonga zarar yetkazmoqda, — deyiladi hisobotda.

    2018-yilda bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar davlat xaridlaridagi past narxlar tufayli yalpi ichki mahsulotning taxminan 1 foizini yo‘qotgani qayd etilgan. 2019-yilda davlat xaridlari narxlari bozor narxlari bilan bir xil bo‘ldi.

    Eski tizim nafaqat fermerlarning daromadlarini kamaytirdi, balki bug‘doy hosildorligini oshirishga ham to‘sqinlik qilgan edi:

    Jadval: Bug‘doy hosildorligining o‘sish sur’atlari, O‘zbekiston va dunyo

    Jadval: Bug‘doy hosildorligining o‘sish sur’atlari, O‘zbekiston va dunyo
    “Daryo” / USDA
    Tahlilchilar, shuningdek, fermerlarga bug‘doy narxini subsidiyalash emas, balkim sun‘iy xarid narxlarining bekor qilinishi kerakligini ta’kidlagan.

    Islohotlar natijasida g‘alla yetishtiruvchilar, jumladan, fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligi oshishi kutilmoqda.

    Shu asosda g‘alla hosildorligi va yalpi mahsulot hajmini keskin oshirish uchun zamin yaratish mumkin bo‘ladi.

    Bu, o‘z navbatida, ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga zamin yaratadi va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.

     

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston g‘alla islohoti: tadbirkorlarda endi yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi
    • O‘zbekiston g‘alla islohoti: rivojlangan mamlakatlarda vaziyat qanday?
    • O‘zbekiston g‘alla islohoti: shunga o‘xshash o‘zgarishlar Ukrainaga nima berdi?
    08.06.2022, 18:59   Izoh (0)   14311
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa iqtisodiyoti urushga qaramay, kutilganidan ham ko‘proq o‘sdi

    08.06.2022, 17:29

    O‘zbekiston g‘alla islohoti: tadbirkorlarda endi yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi

    08.06.2022, 16:59

    Yaponiyada energiya inqirozi. Hukumat aholidan kamroq energiya sarflashni so‘radi

    07.06.2022, 20:59

    Qulupnay 65 minggacha arzonlashdi, limon 14 minggacha qimmatlashdi. May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanday bo‘ldi?

    07.06.2022, 20:52

    Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda 4,3 foizga o‘sishini prognoz qildi

    07.06.2022, 20:18

    O‘zbekiston g‘alla islohoti: shunga o‘xshash o‘zgarishlar Ukrainaga nima berdi?

    07.06.2022, 19:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.