Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2022-yil uchun prognozini e’lon qildi. Bu haqda “Daryo”ga bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Jahon bankining prognoziga ko'ra, 2022-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 4,3 foizga, 2023-yilda 5,3 foizga, 2024-yilda esa 5,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.
2022-yilda Rossiyada ishlab chiqarish 8,9 foizga, Ukrainada esa 45,1 foizga pasayishi kutilmoqda.
Hujjatda aytilishicha, Ukraina inqirozi Yevropa va Markaziy Osiyo va undan tashqarida iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirdi hamda global geosiyosiy beqarorlikni kuchaytirdi.
Boshqa narsalar qatorida, xalqaro sanksiyalar Rossiyada ishlab chiqarishning keskin pasayishiga olib keldi va mojaroning eng katta yon ta'siri, ehtimol, xom ashyo narxining oshishi va yevrohududdan tashqi talabning zaiflashishi bilan bog'liq, deydi Jahon banki.
2022-yilning ilk choragida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 162,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Ukrainadagi urush tufayli butun jahonda iqtisodiy o‘sish pasayishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)