Avstriya va Daniya o‘rtasidagi o‘yin elektr ta’minotidagi muammo tufayli kechikdi.
Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yinda Venadagi “Ernst Happel” stadionida Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi lozim edi.
Ta’kidlanishicha, stadion joylashgan Vena hududining katta qismi elektr ta’minotisiz qolgan. Elektr uzilishi sabablari ochiqlanmagan.
Natijada Avstriya va Daniya o‘rtasidagi uchrashuv bir yarim soat kechikich bilan — 01:15 da boshlandi.
Uchrashuvda Daniya Hyoybyerg va Larsenning gollari evaziga g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Shlager o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)