Ralf Rangnik APL tarixida “Manchester Yunayted” murabbiyi sifatida eng yomon natijani qayd etdi.
Nemis mutaxassisi 2021-yilning noyabr oyi oxirida mankunianliklar bosh murabbiyiga aylangandi. Rangnik qo‘l ostida jamoa chempionatni 6-o‘rin bilan yakunladi.
Ralf bilan “qizil iblislar” har bir o‘yinda o‘rtacha 1,5 ochko jamg‘argan va uchrashuvlarning 42 foizida g‘alaba qozongan. “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi uchun bu APL tarixidagi eng yomon ko‘rsatkichdir.
Ralf Rangnik klubdan ketayotganini ma’lum qildi. Mutaxassis bor e’tiborini Avtriya terma jamoasiga qaratmoqchiligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022/23-yilgi mavsumdan boshlab Erik ten Hag “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Niderlandiyalik mutaxassis mankunianliklar bilan 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)