Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi xonadonda bosqinchilik sodir etilib, oila boshi vahshiylarcha o‘ldirilgani xabar berilgandi. Viloyat prokuraturasi gumonlanuvchi qo‘lga olinganini qo‘shimcha qildi.
Aniqlanishicha, 2022-yilning 31-may kuni Qarshi shahrining “Komilon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan L.A. yashash xonadonidan o‘lik holda topilgan.“Mazkur holat yuzasidan shu kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan 2004-yilda tug‘ilgan O.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan”, — deyiladi viloyat prokuraturasi axborotida.
Qashqadaryolik bloger Husan Komiljonovning ma’lumot berishicha, qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan O.D. Qarshi shahridagi 27-maktabning 11-sinf bitiruvchisi bo‘lib, janoza paytida qo‘lga olingan.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)