“Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, qaror bilan 2023-yil 1-fevraldan:
- QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- order qog‘oz shaklda rasmiylashtirilganida “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi;
- advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan, unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
- davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi;
- advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
- advokatlik tuzilmalaridan statistik ma’lumotlarni an’anaviy shaklda yig‘ish bekor qilinib, ular avtomatik ravishda umumlashtiriladi.
Izoh (0)