• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kasodga uchrash arafasida turgan UFC’ni eng mashhur kompaniyaga aylantirgan Deyna Uayt haqida

    Bugungi kunga kelib UFC’ni ortiqcha ikkilanishlarsiz eng ommabop promoushen deb atash mumkin. U ham tomoshaboblik borasida, ham daromadda boshqalardan ancha ilgarilab ketgan. Istalgan MMA vakili borki, UFC bilan shartnoma imzolash uchun borini berishga tayyor. UFC oktagonlariga ko‘tarilish sportchiga daromaddan tashqari, yaxshigina mashhurlik ham olib keladi. Habib Nurmagomedov, Konor Makgregor, Dastin Porye, Toni Fergyuson kabi nomlarni yakkakurash sport turlariga qiziqmaydigan insonlar ham umrida hech bo‘lmasa bir marta eshitgan. Promoushenning bugungi kundagi muvaffaqiyatlari esa bevosita tashkilot prezidenti Deyna Uayt nomi bilan bog‘liq. Quyida Uaytning bu joyga qanday kelib qolgani va muvaffaqiyat yo‘lida nimalarni boshdan o‘tkazgani haqida so‘z yuritiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kichik Deyna Uayt Manchesterda tug‘ilgan, u irland millatiga mansub. Uning ota-onasi Deyna va Jun Uayt bir joyda qo‘nim topishga juda qiynalgan, shu bois ular tez-tez bir joydan ikkinchisiga ko‘chib yurgan. Deyna maktab yoshiga yetganida katta Uayt oiladan ketadi, shu tariqa Jun ikki farzand — Uayt va Kellini yolg‘iz tarbiyalashga majbur bo‘ladi. Oila Texas, Las-Vegasdan tashqari, Levant va Hermon kabi kichik shaharlarda ham yashaydi. Uayt aynan ularning oxirgisida o‘rta maktabni tugatadi va 1987-yilda nufuzli Boston kollejiga o‘qishga kiradi.

    Talaba Deyna hech vaqoga yaramasdi: darslarni sababsiz o‘tkazib yuborish, tartibga bo‘ysunmaslik va fanlarga beparvo munosabatda bo‘lishda unga teng kelib bo‘lmasdi. Uni faqat boks va sport akrobatikasi qiziqtirardi. Ikkinchi bosqichga kelib, Uayt o‘qishdan haydaladi va uning hayotida faqat sport bilan shug‘ullanish va boyib ketishga bo‘lgan kuchli istak qoladi.

    “Odamlar mendan muvaffaqiyat haqida so‘rashganda, ularga doimo urinishlar haqida gapiraman. O‘zingizni turli sohalarda sinab ko‘rishingiz kerak. Har bir inson qaysidir sohada iqtidorga ega”, — deydi Uayt.

    Barda qo‘riqchilik qilib, tirikchilik uchun pul topishni boshlagan Deyna bolalar uchun seksiya ochadi, unda boks va akrobatika elementlarini birlashtirgan holda o‘zining mashqlar dasturini ishlab chiqadi. Bu narsa mashhurlikka erishadi va Dana White Enterprise sport zallari tarmog‘ining ochilishiga hissa qo‘shadi.

    Ammo mahalliy reketirlar bunday muvaffaqiyatni e’tiborsiz qoldirmaydi va Deynadan katta miqdorda ulush talab qiladi. Mos ravishda Deyna buni rad etadi, natija 1990-yilda hujum bilan yakunlanadi. Uayt 15 daqiqa davomida kaltaklanadi va xiyobonga tashlab ketiladi. Tadbirkor ko‘plab jarohatlar bilan kasalxonaga yotqiziladi, eng ko‘p quloq sohasi zarar ko‘radi: shifokorlar unga Menyer kasalligi (ichki quloq kasalligi) tashxisini qo‘yadi. Deyna operatsiyani boshdan kechiradi, biroq bu yordam bermaydi, aksincha ahvolni yanada og‘irlashtiradi. Ikkinchi marta jarrohlik  stoliga yotish uchun Uayt Germaniyaga boradi va buning uchun 10 ming dollar to‘laydi.

    Keyinchalik Deyna soliq bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Yakunda aynan shu sabab biznesini yopishga va Las-Vegasga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi.

    “Juda yomon bo‘lgandi. Lekin sevimli gapim bor: faqatgina tobutdan chiqib bo‘lmaydi. Harakat qilishda davom etdim. O‘z biznesimni jang san’ati bilan bog‘lamoqchi edim. O‘shanda promouter bo‘lishga qaror qilgandim”, — deya eslaydi Uayt.

    Deyna bokschilarga menejerlik qiladi, ammo kelajak MMA’ga tegishli ekanligiga ishonchi komil edi

    Las-Vegasda Deyna sport menejeri bo‘lish uchun tahsil oladi va tez orada bir qancha bokschilar bilan shartnoma imzolaydi. Bunga parallel ravishda Uayt jang san’atining yosh turlariga e’tibor qaratadi, chunki u afsonaviy promouterlar Bob Arum, Don King yoki Dan Duva bilan raqobatlashishning imkoni yo‘qligini yaxshi tushunardi. Bu darajaga chiqish uchun (ko‘p) vaqt, aloqalar va pul talab qilinardi. O‘shanda u aralash jang san’atiga mehr qo‘yadi va hatto jiu-jitsu bilan shug‘ullanishni boshlaydi.

    Yangi tanishlar unga yerto‘lalarda o‘z jang ligasini tashkil qilish imkonini beradi. U yerdagi janglar qoidasiz, ammo yaxshi tashkil etilishi bilan ajralib turardi. Ishni yaxshi yurita olish qobiliyati jangchilarni jalb qiladi, shu tariqa Deyna menejerga aylanib ketadi.

    “Biznesda halollik va adolat haqidagi keraksiz nayranglardan voz kechish kerak. Bunday fikrlar bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Ba’zida yomon ishlar ham qildim. Pulning hidi bo‘lmaydi. Axloq — MMA va boks biznesida eng oxirgi darajadagi so‘z”, — deb hisoblaydi Uayt.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Uning eng mashhur “loyihalari” Tito Ortis va Chak Liddell bo‘lib, ular bir necha yillardan buyon UFC’da jang qilib kelayotgandi. Promoushenning bo‘lajak prezidenti tashkilot bankrotlik arafasida ekanligi va xaridor qidirayotganini bilib qoladi. Loyihaning nominal qiymati 2 million dollarni tashkil etardi.

    Uayt o‘rta maktabdagi sinfdoshi Lorenso Fertittega murojaat qiladi va mazkur biznesning foydasini tushuntirib beradi.

    “UFC — yangi texnologiya kabidir. Tushunyapsanmi, bu hech kim bilmaydigan narsaga o‘xshaydi, lekin kelajakni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi”, — degan o‘shanda Uayt.

    2001-yilda Lorenso va akasi Frank maxsus tashkil etilgan Zuffa LLC kompaniyasi orqali UFC’ga egalik qilish huquqini sotib olib, Deynani prezident etib tayinlaydi.

    Uayt darhol promoushenni reklama qilish bilan shug‘ullana boshladi. U o‘z g‘oyalarini muvaffaqiyatli sotar va butun dunyodan jangchilarni o‘ziga jalb qilardi, media bilan ham faol hamkorlik olib boradi. Natijada milliarder Donald Tramp loyihaga qiziqib qoladi va bir qancha muammolarni hal qilishga yordam beradi, masalan, janglarning kattaroq arenalarda o‘tkazish borasidagi qiyinchiliklarda.

    “U MMA’dagi potensialni ko‘rdi va bu sohaga birinchi bo‘lib sarmoya kiritdi. U janglarni o‘ziga tegishli bo‘lgan joylarda o‘tkazishni taklif qildi. Keyinchalik ularni Atlantik-Sitidagi Trump Taj Mahal’da o‘tkazdik”, — deb eslaydi Uayt.

    Tez orada UFC Spike TV bilan shartnoma imzoladi, TV orqali birinchi ko‘rsatilgan musobaqa UFC 33 bo‘ldi.

    2005-yilda Deyna UFC bilan birlashtirilgan The Ultimate Fighting’ga (TUF) asos soladi, bu o‘z navbatida ko‘plab jangchilar va muxlislar e’tiborini jalb qiladi. Bir epizod 20 million dollarga tushadi. 2006-yilda tashkilot Kaliforniyadagi WEC promoushenini  o‘zlashtirib oladi, bir yildan keyin esa Pride Fighting Championships’ni. Yaponiya tashkilotining ko‘plab yulduzlari Uayt bilan hamkorlikni boshlaydi, ammo ularning aksariyati UFC’ning asosiy raqobatchisi Strikeforce’ni afzal biladi. Keyinchalik baribir Deynaning siyosati kuchliroq bo‘lib chiqadi, UFC 2011-yilda promoushenni shunchaki sotib oladi va o‘ziga qo‘shib oladi.

    Bugungi kunga kelib, Deyna Uayt dunyodagi eng kuchli liga rahbari hisoblanadi, misol tariqasida UFC’ning 2019-yildagi daromadi 900 million dollarni tashkil etgan.

    “Siz MMA’da kurash, dzyudo va boksdagi barcha narsalarni ko‘rasiz. Shunday ekan, aralash janglar Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi kerak. Bu sport turi butun dunyoda bo‘lishi zarur va buni, albatta, ko‘rishni xohlayman. Balki buni qiladigan odam bo‘lmasman, lekin hech bo‘lmaganda buni ko‘radigan odam bo‘lishni istayman”, — deydi Uayt sport turining kelajagi haqida.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    31.05.2022, 00:13   Izoh (0)   30676
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Robert Levandovski: Ortiq “Bavariya”da o‘ynashni istamayman, u yerdagi davrim o‘z nihoyasiga yetdi

    30.05.2022, 23:13

    O‘zbek sport sharhlovchilik maktabi asoschisi Axbor Imomxo‘jayev 86 yoshida vafot etdi

    30.05.2022, 20:26

    Eden Azar o‘ziga xos rekord qayd etdi

    30.05.2022, 20:01

    Silvio Berluskoniga tegishli jamoa o‘z tarixida ilk bor A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    30.05.2022, 19:04

    Isko “Real” safini tark etayotganini ma’lum qildi. Futbolchi xayrlashuv xatida Mbappe borasida hazil qildi

    30.05.2022, 18:03

    Sadio Mane yozda “Liverpul”ni tark etadi. Futbolchi boshqa jamoa bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan

    30.05.2022, 17:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.