• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yoshlar ongiga salbiy ta’sir qiluvchi axborot tarqatgan OAV va Telegram-kanallarini ma’muriy javobgarlikka tortish taklifi bildirildi

    O‘zbekistonda 2021—2022-yillarda ommaviy axborot vositalari (OAV) va Telegram-kanallari behayolik, zo‘ravonlik va diniy adovat qo‘zg‘atuvchi 18 mingdan ortiq axborot tarqatgani aniqlangan. Bu haqda Senatning 26- yalpi majlisida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Asadjon Xo‘jayev

    Asadjon Xo‘jayev
    Foto: “Daryo”

    Asadjon Xo‘jayevning aytishicha, agentlik yoshlar tarbiyasini buzadigan materiallar tarqatgani uchun OAV va Telegram-kanallarini ogohlantirib kelmoqda, ammo ularga ma’muriy jazo qo‘llanmayotgani uchun bunday qonunbuzarlik holatlari davom etmoqda.

    Ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarda ko‘plab zo‘ravonlik, shavqatsizlik, ma’naviy buzuqlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi materiallar tarqalyapti. Biz ularning egalarini aniqlamoqdamiz va tegishli ogohlantirish beryapmiz. Lekin keyingi ko‘riladigan choramiz jiddiy emas. Ya’ni o‘sha materialni o‘chirish, cheklash yoki bunday holat qaytarilmasligi bo‘yicha hech qanaqa sanksiyalar yo‘q. Ma’muriy javobgarlik kodeksida ham bunday materiallar tarqatgani uchun ma’muriy javobgarlik mavjud emas. Biz mas’ullarga murojaat qilamiz, ko‘rsatmalar kiritamiz. Lekin bundaylarning orqasida iqtisodiy sanksiyalar bo‘lmasa, harakatlarimiz samarali natija bermayapti. Huquqbuzarliklar davom etmoqda. Shuning uchun, avvalo, ushbu masalada ma’muriy javobgarlik belgilansa, yaxshi bo‘lardi.

    Bevosita veb-saytlarda yoshlarimizga yot bo‘lgan, ma’naviy-ma’rifiy va diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi bir qancha qonunbuzarliklar aniqlandi. Masalan, 2021—2022-yillarda 18 mingdan ortiq shunday huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Shuningdek, pornografiya, zo‘ravonlik, behayolik, narkoxizmatlarni targ‘ib qiluvchi 3 ming 134 ta xorijiy veb-saytlar borligi ma’lum. Maxsus idoralar bilan birgalikda ularni O‘zbekiston hududiga kirish va foydalanish huquqini chekladik. O‘zimizdagi veb-saytlarda ham bunaqa qonunbuzarlik holatlari bo‘lib turibdi. Bu endi ko‘pincha tushunmaslikdan va talablarning farqiga bormaslikdan yuzaga kelmoqda. Masalan, “uz” domenidagi 9 ming 500 ta veb-saytda behayolik, ma’naviy buzuqlik, zo‘ravonlik, shavqatsizlik, qimor, tavakkalchilik, alkogol va tamaki mahsulotlarini reklama qilish yoki ularni targ‘ib qiluvchi ma’lumot va axborotlar aniqlangan. Ular bo‘yicha ham “O‘zkomnazorat” va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rilmoqda.

    Asadjon Xo‘jayev, AOKA direktori

    Asadjon Xo‘jayevning ta’kidlashicha, telekanallar va boshqa OAVda videomateriallarga yosh toifalarining belgilari qo‘yilmasligi holatlari ham ko‘p uchramoqda.

    “2022-yilning o‘tgan 5 oyi ichida efirga uzatilayotgan 6 ta davlat, 3 ta nodavlat telekanalda 188 ta axborotda yoshga oid tasnif qo‘yilmagani aniqlandi. Bu tasniflar qo‘yilmasligi mutaxassislarning malakasi yetishmasligi, masalaning mohiyatiga uncha e’tibor berilmasligi, deb ko‘rsatilmoqda. O‘tgan 5 oyda mazkur masalada 33 ta ko‘rsatma va ogohlantirish xatlarini berganmiz. Teleradiokanallarda tashkil etilgan badiiy kengashlar ko‘rsatuvlarni efirga uzatish, shu jumladan, tasniflash choralarni ham ko‘rishi kerak. Afsuski, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli bajarmayapti. Biz qonunchilik bo‘yicha e’tiborni qaratamiz, ko‘rsatmalar beramiz. Lekin tan olish kerak, qonunchilikda bu masalada ham ma’muriy javobgarlik belgilanmagan”, — dedi agentlik rahbari.

    Avvalroq senator Azamat Ziyoyev O‘zbekiston ta’lim-tarbiya tizimi hali ham eskicha qolipda ekani va uni milliylik asosida isloh qilish zarurligini ta’kidlagandi. Shuningdek, AKT vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov mamlakatda yaratilgan mahalliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar nega ommalashmayotganiga izoh bergandi.

    30.05.2022, 08:47   Izoh (0)   15050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova vafot etdi

    30.05.2022, 07:54

    Kanadaliklar uchun Qo‘qon paypoqlari, “test sinovlari poraxo‘rlikka chek qo‘yadi” degan umid, “bir cho‘qishda qochiradigan propaganda” bilan maqtangan Xrushchyov.

    30.05.2022, 07:30

    Namanganda 1 gektar yer maydoni uchun 40 ming dollar talab qilgan shaxs va uning sheriklari qo‘lga olindi (video)

    29.05.2022, 23:44

    “Endi yer tekinga berilmaydi”. Adliya vaziri ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar auksionda yer sotib olsa, uning xarajatlari davlat tomonidan qoplanishini aytdi

    29.05.2022, 22:40

    Samarqandda ikki kishiga imtihonlarsiz “prava” olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab mas’ul xodimi ushlandi (video)

    29.05.2022, 21:11

    Jizzaxda taksi haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTHga uchrab, halok bo‘ldi

    29.05.2022, 19:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.