Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fransiyaning TF1 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Vazir jurnalistning Putinning salomatligi haqidagi savoliga javob berayotib, Rossiya yetakchisi har kuni omma oldiga chiqayotganini, hamma uni ekranlar orqali kuzatib, nutqlarini eshitayotganini ta’kidladi.
“Aqli raso odamlar bu odamda qandaydir xastalik yoki darmonsizlik belgilarini ko‘rishi mumkin, deb o‘ylamayman. Buni shunday mish-mishlar tarqatayotgan odamlarning vijdoniga havola qilaman”, — deya qayd etdi u.
TF1 jurnalisti undan “Rossiya prezidenti betobmi va uning Ukrainadagi maxsus operatsiya bo‘yicha dastlabki rejasi go‘yoki bajarilmaganidan g‘azablanyaptimi?” deb so‘ragandi. Lavrov harbiy operatsiya reja bo‘yicha borayotganini ta’kidladi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya muddatlari noharbiy obyektlarga zarbalar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi buyruq bilan izohlanadi.
Mart oxirida Lavror Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqidagi ma’lumotni rad etib, bunday xabarlarni “uydirma” va “g‘irt yolg‘on” deb atagan edi.
Mavzuga doir:
- Shoygu Ukrainaga hujum ataydan sekin olib borilayotganini aytdi
- “Kimdir aralashsa, keskin javob qaytaramiz. Hech kim maqtana olmaydigan uskunalarga egamiz”. Putin Ukrainadagi urush sabab yana G‘arbga tahdid qildi
- Sergey Lavrov yadroviy urush xavfi mavjudligini ma’lum qildi
- Lavrov Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi. U yadroviy quroldan foydalanmaslikka va’da berdi
Izoh (0)