“Real” Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” ustidan g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol Vinisius Junior hisobiga yozildi. Braziliyalik futbolchi 21 yosh 320 kunlik vaqtida YChL finalida gol urdi va rekord qayd etdi.
Faqatgina 4 futbolchi undan 21 va undan yoshroq vaqtida hal qiluvchi o‘yinda gol urgan: Marko Asensio (21 yosh 133 kunlik — 2017-yilgi final), Lars Rikken (20 yosh 322 kunlik — 1997-yilgi final), Karlos Alberto (19 yosh 167 kunlik — 2004-yilgi final), Patrik Klyuyvert (18 yosh 327 kunlik — 1995-yilgi final).
Braziliyalik “Real”ning so‘nggi 3 o‘yinida 5 ta golli vaziyatlarda ishtirok etdi. Vinisius madridliklar safida barcha musobaqalardagi oxirgi 3 o‘yinda 4 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)