Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida “Liverpul” 28-may, shanba kuni “Real” bilan bahs yuritdi.
Stadiondagi tartibsizliklar sabab uchrashuv 30 daqiqa kech boshlandi. Birinchi bo‘limda jamoalar ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratdi. Bo‘lim so‘ngida Karim Benzema gol urgandi. Ammo uzoq muhokamalardan so‘ng, gol o‘yindan tashqari holat sabab, bekor qilindi.
59-daqiqada Vinisius Junior Federiko Valverdening ajoyib uzatmasini golga aylantirdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Vinisiusning goli “Real”ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa “qaymoqranglilar” o‘z tarixida 14-marta Chempionlar Ligasi sovriniga ega chiqdi.
YChL
Final
28-may, shanba
“Liverpul” Angliya – “Real” Ispaniya 0:1
Gol: 0:1 – 59 Vinisius Junior.“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Henderson (Keyta, 77), Tiago Alkantara (Firmino, 77), Fabinyo, Saloh, Mane, Dias (Diogu Jota, 65).
“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Sebalyos, 90), Kroos, Kazemiro, Valverde (Kamavinga, 85), Benzema, Vinisius Junior.
Ogohlantirish: Fabinyo (62).
Izoh (0)