• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida ekologik darsliklar va dars soatlarini ko‘paytirish kerak” — Global yashil o‘sish instituti vakili

    Global yashil o‘sish instituti (GGGI) xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Uning prezidenti va kengash raisi BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun hisoblanadi. “Daryo” muxbiri 26—27-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan kambag‘allikni qisqartirish xalqaro forumi doirasida institutning O‘zbekistondagi vakili Aaoran Rasselga bir qancha savollar bilan yuzlandi.

    — Janob Rassel, Global yashil o‘sish instituti (GGGI) va uning maqsadlari haqida qisqacha ma’lumot bersangiz?

    — Mazkur institut xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Bosh ofisi Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan. Tashkilot 2012-yilning iyunida Rio-de-Janeyroda BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi doirasida ta’sis etilgan. Hozirgi kunda institut dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida 54 ta loyihani amalga oshirib kelmoqda.

    Tashkilotning maqsadi iqlim o‘zgarishi sharoitlarida taraqqiy etgan hamda bozor iqtisodiyotini tanlagan mamlakatlarda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘li orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashishdan iborat.

    Aaoran Rassel

    Aaoran Rassel
    Foto: “Daryo”

    — Institutning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bugungi kundan qanday loyihalar ustida ishlamoqda?

    — 2018-yili Global yashil o‘sish instituti assambleyasi rahbari Pan Gi Mun O‘zbekistonga tashrif buyurgan va davlat rahbari hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Orol dengizida bo‘lgan. U yerdagi ekologik vaziyatlarni ko‘rgan Pan Gi Mun janoblari mamlakatingizdagi ekologik muammolarning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishda yaqindan ko‘maklashish niyati borligini bildirgan. Shundan so‘ng, ya’ni 2019-yilda O‘zbekiston bizning tashkilot a’zosiga aylandi. 2022-yil fevralida esa Toshkent shahrida institut vakolatxonasi ochildi. Bu Markaziy Osiyodagi birinchi ofis hisoblanadi.

    Joriy yilda Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda institut Orol dengizi tanazzuli salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Orolbo‘yi mintaqasining yashil tiklanishini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi loyihani amalga oshirishni boshladi. Umumiy qiymati 5,65 million dollar bo‘lgan loyiha Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtiriladi.

    Loyiha orqali Orol dengizi tanazzuli oqibatlarini bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘istonning yashil reabilitatsiyasiga ko‘maklashish, u yerlardagi fermerlarga yordam berish, shuningdek, barqaror hayotiy ta’minot hamda tabiiy xavflarga barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash maqsad qilingan.

    Bundan tashqari, yangi bir qancha loyiha va takliflar, xususan, yashil shaharlar loyihasi bo‘yicha ham muhokamalar olib boryapmiz.

    — Orolbo‘yi mintaqasiga borib, u yerdagi hayot, ekologik vaziyatga guvoh bo‘ldingizmi hech yoki hali imkon topmadingizmi?

    — Oila a’zolarim hamrohligida Orol dengizi va u yerdagi hududlarga bordim, albatta. Mo‘ynoq, kemalar qabristoni, muzeylarni ko‘rdik va ular bizda katta taassurot qoldirdi. Orol dengizining ekologik ta’sirlarini kamaytirish uchun yangi-yangi loyiha va dasturlar ishlab chiqish juda dolzarb masala. Kelgusida bu borada yana boshqa loyihalarni amalga oshirish rejamizda bor.

    — O‘zbekiston aholisining ekologik madaniyatini qanday baholaysiz?

    — Mamlakatingizda bir yildan buyon yashayman. Shu bois aholining ekologik madaniyati va munosabati haqida hozircha umumiy fikr yo‘q menda. Ammo ko‘rganlarim bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, odamlarning daraxtlarga nisbatan qarashlari ijobiy va ularni ekishga qiziqadi. Hovlilar, dalalarga daraxtlar o‘tqazish masalasi juda muhim. Chunki aholining daraxtlarga bo‘lgan munosabatini ko‘rib, ularning iqlimni, atrof-muhitni himoya qilishga nisbatan munosabati qanday ekanligini anglash mumkin.

    Tabiatni asrash, ekologiyaga munosabatni bolalikdan shakllantirish kerak. Shu maqsadda siz ta’kidlagandek, oliy o‘quv yurtlari va maktablarda atrof-muhitga moslashtirilgan darsliklarni ko‘paytirib, dars soatlarini ko‘proq o‘tish kerak. Natijada bolalarda turli savollar tug‘iladi, ota-onasi, yaqinlari orqali javob topishga harakat qiladi. Shu tariqa yosh avlodning ekologik madaniyati, ongi rivojlanadi. Bu jarayonga katta ahamiyat qaratish zarur. Bundan tashqari, chiqindilarni qayta ishlashni yanada rivojlantirish, bu borada aholiga to‘g‘ri ma’lumotlar berish lozim.

    Foto: “Daryo”

    — Sizningcha, ekologik muammolarga qarshi kurashishda ekojurnalistlarning ahamiyati qay darajada muhim?

    — Bu yo‘nalishda ham jurnalistlar bo‘lishi shart. Biz ular orqali haqiqiy ekologik ahvol va muammolardan xabardor bo‘lamiz, yechim sifatidagi takliflarini eshitamiz. Ammo butun dunyo bo‘ylab ekojurnalistlar soni ko‘p emas. Balki davlat rahbarlari ularga jiddiy ahamiyat qaratmas. O‘zbekistonda ekojurnalistlar assotsiatsiya mavjudmi?

    — Afsuski, yo‘q. Ular soni barmoq bilan sanarli.

    — Tushunarli. Biz unda siz va boshqa hamkasblaringizni loyihalarimizda hamkorlik qilishga taklif etaman. Atrof-muhit masalalarini birgalikda hal qilsak, odamlarning tabiatga nisbatan munosabatini o‘zgartirsak, eng katta yutug‘imiz shu bo‘ladi.

    — Forum mobaynida qisqa intervyuga vaqt ajratganingiz va taklif uchun katta rahmat!

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi

    29.05.2022, 17:15   Izoh (0)   20239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Chorsu bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilindi

    29.05.2022, 16:48

    Jizzaxda fuqaroni jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 400 dollar so‘ragan o‘qituvchi ushlandi

    29.05.2022, 15:57

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi ma’lum qilindi

    29.05.2022, 15:12

    Samarqandda “razbor” qilmoqchi bo‘lgan 16 kishi ushlanib, qamoqqa olindi

    29.05.2022, 14:57

    Andijonda 11 yoshli qizga tazyiq o‘tkazib kelgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    29.05.2022, 13:53

    Madaniy meros agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi

    29.05.2022, 13:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    TASS agentligi rahbar o‘rinbosari Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:09

    AQSHda IT mutaxassisi qamoqxonadan bevosita venchur startapida ish boshladi

    Dunyo | 25 iyul, 19:46

    O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 19:26

    Erdo‘g‘on Putin va Tramp bilan Istanbulda uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqchi

    Dunyo | 25 iyul, 19:19

    Sakkiz nafar futbolchi “Barselona”ning yangi sardori bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 25 iyul, 19:06

    Toshkentda soxta dacha eʼlonlari orqali odamlar pulini “shilgan” shaxs qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 19:00

    Dunyoni zabt etgan iforlar: barcha davrlarning eng yaxshi 10 ta atiri

    Ayollar sahifasi | 25 iyul, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.