Jizzax shahrida o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan institut bo‘lim boshlig‘i ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament axborot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahridagi “Y.T.” universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida institutning ushbu yo‘nalishdagi fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)