• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 28-may kuni Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Hurmatli Sadir Nurgojoyevich!

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishining barcha ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman.

    Hamkasblarimning so‘zlariga qo‘shilgan holda, hurmatli Sadir Nurgojoyevichga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.

    Qirg‘izistonning YOIIdagi faol raisligi mamlakatlarimizning Yevrosiyo birlashmasi doirasidagi ko‘p qirrali hamkorligini kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman.

    Hurmatli hamkasblar!

    O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Bu biz uchun juda muhim yo‘nalish, chunki YOII mamlakatlari tabiiy hamkorlarimizdir.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish va mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy hamkorligida ijobiy sur’atni ta’minlashga muvaffaq bo‘lganimiz bizni quvontiradi.

    Xususan, O‘zbekistonning birlashmaga a’zo davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 30 foizga, joriy yilning birinchi to‘rt oyida esa yana 33 foizga oshdi.

    YOII mamlakatlaridan jalb qilinayotgan investitsiyalar yiliga qariyb 25 foizga ko‘paymoqda.

    Shu bilan bir qatorda, dunyoda ro‘y berayotgan shiddatli o‘zgarishlar va inqirozli hodisalar mamlakatlarimiz barqarorligi uchun jiddiy xatardir.

    Globallashuv davri yangi jahon tartiboti shakllanishi bosqichiga o‘tmoqda.

    Ilgari kuzatilmagan miqyosdagi cheklov choralari kiritilayotgani, mahsulotlar yetkazib berishning logistik zanjirlari va kooperatsiya aloqalari uzilayotgani, xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘sayotgani, ijtimoiy keskinlik kuchayib borayotganining guvohi bo‘lib turibmiz.

    Yuzaga kelgan vaziyatda umumiy sa’y-harakatlar bilan birgalikdagi chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish, noodatiy yechimlar topish va hamkorlikning nostandart mexanizmlaridan foydalanishni muhim, deb hisoblaymiz.

    Bugun savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish vazifasi har qachongidan dolzarb ahamiyatga ega.

    O‘zbekiston va YOII mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni davom ettirish va sertifikatlashtirishni tan olish tovarlarning bozorlarimizga kirib borishini ancha soddalashtirish imkonini beradi.

    Shu ma’noda, oziq-ovqat va xomashyoni chetga chiqarish bo‘yicha cheklovlar O‘zbekistonga nisbatan tatbiq etilmasligi masalasida bizni qo‘llab-quvvatlashlariga niyat qilamiz.

    Shuningdek, birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali agrosanoat kooperatsiyasini kengaytirishni muhim, deb hisoblaymiz.

    Ushbu ishlar natijadorligini oshirish uchun Agrokooperatsiya dasturini ishlab chiqishni taklif etamiz.

    Ushbu dastur bozorlarimizni kafolatli to‘ldirish maqsadida YOII mamlakatlarida don va moyli ekinlarni birgalikda yetishtirish hamda meva-sabzavot ekinlarini, shu jumladan, ularning ertapishar navlarini O‘zbekistonda yetishtirish masalalarini qamrab olishi mumkin. Ayni paytda dasturni amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, mamlakatlarimiz hududlarining salohiyatini ishga solish maqsadga muvofiq.

    Yangi xavf-xatarlar muqobil transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish, Janub va Sharq yo‘nalishlarida transport bog‘liqligini mustahkamlashni taqozo etmoqda.

    Eng yaqin vaqtda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘lini qurish loyihasini amaliy ro‘yobga chiqarishga kirishishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu yo‘l Sharq—G‘arb yo‘nalishida mavjud temiryo‘l magistrallarining imkoniyatlarini kengaytiradi.

    Shu bilan bir qatorda biz Janubiy Osiyoga va uning 2 milliard iste’molchiga ega bozoriga chiqish uchun eng qisqa yo‘lni ta’minlaydigan Termizdan Pokistonning Peshovarigacha transafg‘on temiryo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirish borasida YOIIdagi sheriklarimiz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

    Bundan tashqari, mamlakatlarimizning innovatsion salohiyatidan yanada samarali foydalanish hamda sanoat kooperatsiyasining yangi shakllarini, eng avvalo, yuqori texnologiyalar sohasida rivojlantirish tarafdorimiz.

    Toshkent shahrida “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilgani bu borada birinchi amaliy qadam bo‘ldi. Uning ishida birlashma mamlakatlarining mingdan ziyod kompaniyasi ishtirok etdi. Biz ushbu muhim maydonni yanada kengaytirish niyatidamiz.

    Shu maqsadda, eng avvalo, kimyo, farmatsevtika, mashinasozlik, uskunasozlik, elektronika sohalarida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirish va mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif etamiz.

    Bunda yangi kompetensiyalarni shakllantirayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari va texnologik markazlar imkoniyatlarini ishga solish muhim.

    Mamlakatlarimizda mehnat migratsiyasi va mutaxassislar harakati bilan bog‘liq masalalar dolzarbligi ortmoqda.

    YOIIga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar iqtisodiyotlarining tez o‘zgarib borayotgan ehtiyojlariga muvofiq mehnat resurslarini samarali jalb qilish imkonini beradigan zarur hujjatlarni qabul qilish va soddalashtirilgan tartib-taomillarni qabul qilishni taklif etamiz.

    Pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish sharoitida turizm sohasi iqtisodiy taraqqiyotning tabiiy drayveriga aylanishi mumkin. Yil boshidan buyon O‘zbekistonga, birinchi navbatda YOII mamlakatlaridan turistlar oqimi sezilarli o‘sayotganini kuzatmoqdamiz.

    Joriy yil kuzida O‘zbekistonda yetakchi kompaniyalarimiz ishtirokida Turizm industriyasini rivojlantirish forumini o‘tkazishni taklif etamiz.

    Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yo‘lovchi transporti qatnovini to‘liq hajmda tiklash masalasini ishlab chiqish ham muhimdir.

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    So‘zimning yakunida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqlamoqchiman.

    Bugungi uchrashuv natijalari ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash, mamlakatlarimizda barqaror iqtisodiy rivojlanish va farovonlikni yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman.

    E’tiborlaringiz uchun rahmat.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti

    Bundan avval O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga bojxona bojisiz eksport qiladigan mahsulotlar qatori ikki barobarga oshgani, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi tashkil etilgani hamda O‘zbekiston YOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni oshirishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston YOIIning iqlim, raqamlashtirish va logistika loyihalariga qo‘shilmoqchi
    • “YOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotini rus monopollari qamrab olishiga yo‘l ochadi” — iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat

    28.05.2022, 16:26   Izoh (0)   16173
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykalchasi topildi

    28.05.2022, 15:46

    Andijonda o‘gay ona 11 yoshli qizga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergov boshlangan

    28.05.2022, 14:45

    Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank boshqaruvi raisi etib tayinlandi

    28.05.2022, 13:42

    “Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar davlat xizmatiga olinmaydi” — Senat “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

    28.05.2022, 12:58

    Vladimir Norov AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

    28.05.2022, 12:18

    Samarqandda otasiga tegishli Lacetti’ni boshqargan 8-sinf o‘quvchisi ikki kishini urib yubordi. Jabrlanuvchilardan biri vafot etgan

    28.05.2022, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.