• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Buyuk imperiyaga asos bo‘lgan muhoraba. Markaziy Osiyo tarixidagi eng yirik janglardan biri — Dandanakon jangi

    Buyuk Saljuqiylar davlati turkiy xalqlar tomonidan qurilgan eng katta imperiyalardan biri hisoblanadi. Asli turkman urug‘laridan biri bo‘lgan Saljuqiylar sulolasi islom va dunyo tamaddunida muhim o‘rin tutadi. Aynan Saljuqiylar sunniy Bag‘dod xalifasini shialar ta’siridan ozod qiladi, salibchilarga qarshi kurashadi, turkiy urug‘larning G‘arbiy Osiyoga ulkan migratsiyasiga yo‘l ochadi. Ushbu urug‘lar keyinchalik ko‘plab turkiy davlatlar, jumladan, Usmonli saltanatiga asos soldi. Turkiy xalqlar tarixida yangi davrini boshlab bergan Buyuk Saljuqiylar davlatiga hozirgi Turkmaniston hududidagi Dandanakon qal’asida tamal toshi qo‘yilgan edi.

    Saljuqiylar asli kim?

    Saljuqiylar o‘g‘uz-turkmanlarning qiniq urug‘idan bo‘lgan. Turkiy xalqlar haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” va Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxonning “Turkmanlarning kelib chiqishi” asarlarida saljuqlarning turkiy qiniq urug‘idan ekani aytilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida saljuqiylarning qiniqlardan ekani quyidagicha ifodalanadi:

    “O‘g‘uz — turkiy qabilalardan biri, ular turkmanlar ham. Ular yigirma ikki urug‘dan iborat. Ularning birinchi va asosiy urug‘i — qiniq. Bizning zamondagi sultonlar shu urug‘dan”.

    Mashhur sharqshunos Vasiliy Bartold ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

    Foto: Warhead.su

    Saljuqiylar o‘z nomini urug‘ yetakchisi Saljuq nomidan olgan bo‘lib, Saljuqiylar sulolasi asoschilari: To‘g‘rulbek, Chag‘ribek va Alp Arslon Saljuqning nevaralari edi. X asrgacha Movarounnahrning shimoli va Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan saljuqlar keyinchalik uchga bo‘linadi. Ularning bir qismi shu yerda qolgan bo‘lsa, ikkinchi qismi Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimiga, uchinchi qism esa Kapettog‘ va janubiy Kaspiybo‘yiga ko‘chib o‘tadi. XI asrda saljuqiylarning Kapettog‘ va shimoliy Xurosonda yashovchi guruhi mintaqadagi qudratli davlat — G‘aznaviylar imperiyasi vassaliga aylanadi va buning evaziga G‘aznaviylar qo‘l ostidagi Xurosonda katta yerlarga ega bo‘ladi.

    Urushga tomon yo‘l

    Qudratli hukmdor Mahmud G‘aznaviy boshchiligidagi G‘aznaviylar saltanati XI asr boshida Osiyodagi yirik kuch edi. Sulton olib borgan yurishlari natijasida Eron, Afg‘oniston, Hindistonning shimoliy qismi, Xuroson va Xorazm G‘aznaviylar davlatiga qo‘shib olinadi. Biroq Mahmud G‘aznaviy 1030-yili vafot etgach, u asos solgan ulkan saltanat ham nuray boshlaydi. Mahmud G‘aznaviyning egizak o‘g‘illari: Muhammad va Mas’ud taxt uchun kurash olib boradi va bu qarama-qarshilikda Mas’udning qo‘li baland keldi. Mas’ud otasining ishini davom ettirib, saltanatni yanada kengaytirish uchun yurishlar tashkil qiladi. Biroq Xurosonda G‘aznaviylar uchun juda katta xavf pishib yetilayotgandi.

    Mahmud G‘aznaviyning vafoti haqida eshitgan ko‘plab imperiya xalqlari kabi saljuqiy turkmanlar ham G‘aznaviylarga qarshi kurash boshlaydi. Bunga qadar ham o‘g‘uz-turkman qabilalari Xurosonga muttasil hujumlar uyushtirib turardi. 1035-yili Saljuqiylar Niso yaqinida G‘aznaviylar qo‘shinini mag‘lub etadi. Shundan so‘ng saljuqiylar safiga Xuroson va Balxandagi ko‘p sonli o‘g‘uz qabilalari qo‘shila boshlaydi.

    G‘aznaviylar davlati

    G‘aznaviylar davlati
    Foto: Wikipedia

    Niso yaqinidagi jangdan so‘ng Mas’ud G‘aznaviy Hirotdagi noibi Syuboshiga Xurosonni saljuqiylardan tozalash haqida buyruq beradi, biroq bu paytda Hirotda bor-yo‘g‘i o‘n besh ming askar bo‘lib, Syuboshi saljuqiylarga qarshi chiqishga jur’at qilolmaydi.

    Xorazm hukmdori Ismoil Xandon ibn Oltintosh va Isfahon hokimi Alouddavla Muhammadga qarshi kurash band bo‘lgan Mas’ud saljuqiylar xavfiga jiddiy e’tibor bermaydi. Natijada saljuqiylarning ta’siri va qudrati ortib boradi. Nishopur, Marv, Saraxs, Obivard va hatto Balx saljuqiylar nazorati ostiga o‘tadi. Nishopurni egallagan saljuqiy To‘g‘rulbek o‘zini Xuroson sultoni deb e’lon qiladi. Bu hodisalar G‘aznaviy sultonini qat’iy qaror qabul qilishga majbur qiladi.

    Nihoyat 1039-yil sulton Mas’ud G‘aznaviy katta qo‘shin bilan shaxsan o‘zi Xurosondagi o‘g‘uzlarni uzil-kesil tor-mor qilish uchun yo‘lga chiqadi. Manbalarga ko‘ra, sulton qo‘l ostida yetmish mingdan yuz minggacha askar bo‘lib, qo‘shin tarkibida bir necha jangovar fillar ham bo‘lgan.

    Dandanakon jangi

    Mas’ud avval Balxni, so‘ng Marvni saljuqlardan tortib oladi. Saljuqiylar yetakchilari To‘g‘rulbek va Muso Inonch Gorgon va Iroqqa chekinishni, u yerdan Kichik Osiyoga hujum qilishni taklif qiladi. Biroq To‘g‘rulbekning ukasi Chag‘ribek esa qolishni, dushmanni cho‘lda holdan toydirib, keyin zarba berishni kerakligini ta’kidlaydi. Saljuqiylar uning fikrini ma’qullaydi.

    Sulton To‘g‘rulbek

    Sulton To‘g‘rulbek
    Foto; Wikiwand

    1039-yil 27-iyunda Tajan daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan jangda Chag‘ribek boshliq yigirma minglik saljuqiylar qo‘shini sulton Mas’udga yengiladi va dashtga chekinadi. Sulton saljuqiylar chekinib, unga taslim bo‘lishiga ishonadi va ularni taqib qiladi. Ammo saljuqiylarning yengil qurollangan otliq qo‘shinlari g‘aznaviylarga yo‘l bo‘ylab to‘satdan hujumlar uyushtira boshlaydi. Saljuqiylar cho‘ldagi quduqlarni qum bilan to‘ldirib, g‘aznaviylarni suvsizlikka mahkum qiladi.

    G‘aznaviylar qo‘shini yil oxirigacha Shimoliy Xuroson dashtlarida saljuqiylarni jangsiz quvib yuradi va 1040-yilning yanvarida qishlash uchun Nishopurga keladi. Ikkala tomon ham hal qiluvchi jangga tayyorlanadi.

    Shu yili bahorda Mas’ud G‘aznaviy lashkari bilan yana Saraxs dashtlari tomon otlanadi. Amirlar Mas’udga Hirotga qaytishni maslahat beradi, chunki asosini turkiy qabilalar tashkil qiluvchi qo‘shinda jangovar kayfiyat tushgan va noroziliklar boshlangan edi. Qolaversa, amirlar askarlarning bir necha kun quyosh ostida jazirama cho‘l bo‘ylab yurishi ularni holdan toydirishidan ham xavotirda edi. Biroq sulton yurishni to‘xtatishni xohlamaydi, u o‘z lashkarining son jihatdan ustunligi va sadoqatiga ishonadi.

    Dandanakon qal'asi xarobalari

    Dandanakon qal'asi xarobalari
    Foto: E-minbar

    Saljuqiylar g‘aznaviylarni yana kutilmagan hujumlar bilan qiynay boshlaydi. O‘g‘uz-turkmanlar g‘aznaviylar yo‘lidagi quduqlarni ko‘mib tashlaydi. Shundan so‘ng Marvdan Saraxsga ketayotgan Mas’ud G‘aznaviy suv zaxiralarini to‘ldirish uchun uncha uzoq bo‘lmagan Dandanakon qal’asiga yo‘l oladi. Yo‘lda ular yana saljuq kamonchilari nishoniga aylanadi. Tajribali cho‘l jangchilari bo‘lgan saljuqiy turkmanlar dushmanni ancha qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Ular Dandanakon yonida g‘aznaviylarga hal qiluvchi zarba berishga qaror qiladi.

    23-may kuni Markaziy Osiyo tarixida muhim o‘rin tutgan katta janglardan biri boshlanadi. Uzoq yo‘l bosib charchagan, suvsizlik va ochlikdan toliqqan yuz mingga yaqin askardan iborat G‘aznaviylar qo‘shini va yigirma mingdan ortiq bo‘lgan deya taxmin qilinuvchi saljuqiylar lashkari bilan kurashadi. Yuqoridagi omillar muhoraba taqdirini hal qiladi. Mas’ud G‘aznaviy uch kun mardona kurashadi, biroq mag‘lubiyatga uchragach yuzdan ortiq otliq askari bilan Hirotga qochishga majbur bo‘ladi. Dandanakon jangidan so‘ng Saljuqiylar ulkan o‘ljalar bilan birga G‘aznaviylar saltanatining g‘arbiy viloyatlari ustidan nazoratni ham qo‘lga kiritadi.

    Dandanakon jangining ahamiyati

    Dandanakondagi g‘alaba saljuqiylarning ilk yirik g‘alabasi edi. Bu g‘alabadan so‘ng Xurosondagi ustunlik to‘la Saljuqiylar qo‘liga o‘tadi va Saljuqiylar davlati tashkil topadi. Endilikda turkiylarning yangi lideri sifatida saljuqiylar turkiy qabilalar kuchlarini birlashtiradi hamda katta va qudratli qo‘shinga ega bo‘ladi. Shuningdek o‘g‘uz-turkmanlarga Kichik Osiyo tomon yo‘l ochiladi.

    Tez orada To‘g‘rulbek va Chag‘ribek boshliq saljuqiylar Xuroson va Eronni bo‘ysundirib, Kichik Osiyo tomon yurish boshlaydi. Keyingi yurishlari davomida Vizantiya, Janubiy Kavkaz, Iroq, Ozarbayjon hududlarini ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olgan To‘g‘rulbek ikki asr davom etgan buyuk Saljuqiylar imperiyasiga asos soladi.

    28.05.2022, 10:58   Izoh (0)   65147
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.