• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Bir filmda ikkita qahramonni mahorat bilan ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar (video)

    Xorij filmlarida egizaklar yoki qiyofadosh insonlar rolini ijro etgan aktyorlar ko‘p. Odatda bunday rollar aktyordan katta mahorat va sabrni talab etadi. Chunki bir vaqtning o‘zida ikki xil xarakterni jonlantirish oson emas. O‘zbek filmlarida ham bunday ishni uddalay olgan aktyorlar bor. Quyida ana shunday filmlar haqida so‘z boradi.

    Yodgor Sa’diyev — “Shaytanat”

    O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialida ikkita qahramon rolini ijro etgan. Ammo ko‘pchilik tomoshabinlar buni payqashmagan. Ya’ni u Asadbek rolidan tashqari, sobiq tuzum davrida quloq qilingan otasining qiyofasini ham ijro etgan. Mazkur sahnada hammasi a’lo, faqatgina qor o‘rnida sovunli ko‘pikdan foydalanishgani biroz ishonarsiz chiqqan, xolos.

    Adiz Rajabov — “O‘zimdan o‘zimgacha”

    2009-yili rejissor Abduvohid G‘aniyev “O‘zimdan o‘zimgacha” nomli filmni suratga olgan. Mazkur filmda Davron va Narimon ismli personajlar bor. Mazkur personajlar qiyofadosh bo‘lgani bois rolni bir aktyor — Adiz Rajabov ijro etgan. Ota-onasining qistovi sabab uylangan Davron to‘yi kuni uyidan qochib ketadi. U chekka qishloqqa yetganida ehtiyotsizligi sabab cho‘pon Narimonni urib yuboradi. U qonga belangan qiyofadoshini ko‘rib, qo‘rqib ketadi va mashinasini tashlab qochadi. Cho‘ponni qimmatbaho mashinaning yonida ko‘rganlar uni Davron deb o‘ylab, oila a’zolariga qo‘ng‘iroq qilishadi. Shu voqeadan so‘ng Narimon shaharga, badavlat oila a’zolari davrasiga ketadi. Davron esa qishloqda qolib cho‘ponlik qiladi. Film yakunida Davronga unashtirilgan qiz Narimonni sevib qoladi. Qishloqdagi qiz esa shaharlik Davronga ko‘ngil qo‘yadi.

    Gulchehra Eshonqulova — “Jonim seni yoxud egizaklar”

    2004-yili rejissor Burhon Sharopov “Jonim seni yoxud egizaklar” nomli filmni suratga olgan. Mazkur kartinada aktrisa Gulchehra Eshonqulova taqdir sinovlari sabab uzoq yillar bir-biridan ayro yashagan egizak opa-singillar rolini ijro etgan. Laylo qishloqning sodda qizi bo‘lib, u dugonalari singari pardoz-andoz qilishni yoqtirmaydi. Egizagi Zahro esa badavlat oila bag‘rida ulg‘aygan qiz bo‘ladi. Film so‘nggida egizaklar bir-biri bilan uchrashadi va onalarini izlashadi.

    Sharof Muqimov — “Niqob”

    2007-yili rejissor Burhon Sharopov “Niqob” nomli filmni suratga olgan. Mazkur filmda Sharof Muqimov Hasan va Husan rolini ijro etgan. Hasan jahldor boshliq, Husan esa hazilkash va samimiy rassom bo‘ladi. Husan akasining ishxonasiga borib, uning qo‘l ostida ishlaydigan Zarifa ismli qizni yoqtirib qoladi. Hasan esa mazkur xodimasi bilan ko‘p marta kelishmovchilikka borgan bo‘ladi. Zarifa boshlig‘ining o‘zgaruvchan muomalasidan ajablanadi.  Aka-ukaning o‘xshash tashqi qiyofasi sabab ko‘plab qiziqarli voqealar sodir bo‘ladi.

    Nafisa Ortiqova — “Tutash taqdirlar”

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    2009-yili ekran yuzini ko‘rgan “Tutash taqdirlar” serialida raqqosa qiz Ra’no rolini ijro etgan Nafisa Ortiqova ham ikkita qahramon qiyofasini gavdalantirgan. Afsuski, buni ko‘pchilik tomoshabinlar payqamaydi. Ya’ni u Ra’nodan tashqari, ancha yil avval olamdan o‘tgan  onasi rolini ham ijro etgan. U xonasida marhuma onasi va otasining suratiga termilib, u bilan dardlashadi. Ya’ni rejissor vaziyatdan chiqishning oson yo‘lini tanlab, marhuma ona roli bilan bog‘liq detalda uning o‘zidan foydalangan.

    Alisher Uzoqov — “O‘xshatmasdan uchratmas”

    Rejissor Javlon Shodmonov 2011-yili “O‘xshatmasdan uchratmas” nomli filmni suratga olgan. Unda Alisher Uzoqov ba’zi sabablarga ko‘ra bolaligidan ayro yashagan egizaklar rolini ijro etgan. Aziz va Farhod ulg‘aygach, tasodif sabab uchrashib qolishadi. Yigitlarning ikkisida ham sevgan qizlari bilan bog‘liq qiziqarli voqealar sodir bo‘ladi. Ya’ni Farhod va Azizning o‘xshash qiyofasi sabab ular adashib ketadi. Film yakunida ular oila bo‘lib birlashadi va sevgan qizlariga uylanadi.

    Muhammadiso Abdulxayirov — “Hasan ibn Husan”

    2013-yili Javlon Shodmonov “Hasan ibn Husan” nomli filmni suratga olgan. Mazkur kartinada Muhammadiso Abdulxayirov ota va o‘g‘il rollarini ijro etgan. Filmda Shokirjon ismli tadbirkor kimyogar qo‘shnisidan sun’iy ravishda shokoladlarni kattalashtirib  berishini iltimos qiladi. Ixtirochi qo‘shnisining iltimosini inobatga olib, hajmi katta shokoladlarni yaratadi. Afsuski, uyiga Shokirjonning o‘g‘li Tursunboy chiqib, ixtiro qilingan shokoladni tatib ko‘radi. Tongda bolakay kattalashib, dadasining qiyofasida uyg‘onadi. Shu voqeadan keyin bir qiyofadagi ota va o‘g‘ilning sarguzashtlari boshlanadi.

    Zarina Nizomiddinova — “Yurak yig‘lar”

    Rejissor Akmal Shohnazarovning “Yurak yig‘lar” deb nomlangan filmi 2014-yilda suratga olingan. Ushbu filmda Zarina Nizomiddinova ikkita obrazni gavdalantirgan. Film sujetiga ko‘ra, bosh qahramon nogiron ekanligini bilib, sevgilisi Afro‘zadan uzoqlashishga harakat qiladi. Keyinchalik go‘zal Afro‘zaning hayotida Ali ismli yigit paydo bo‘ladi. Ammo sevgidan kuygan qiz uning sevgisini qabul qilmaydi. Ali buning sababini bilish uchun Afro‘zaning sobiq sevgan yigiti bilan uchrashadi. U og‘ir xastaligi sabab qizdan yiroqlashganini, ammo uni hali ham sevishini aytadi. Ali shundan so‘ng yigitni Afro‘za bilan uchrashtiradi va o‘zi shahardan ketishga qaror qiladi. Mehmonxonada qo‘shni xonadagi shovqindan bezovta bo‘lib, eshikni taqillatadi. Eshikni xorijlik qiz ochadi va u Afro‘zaga juda o‘xshash bo‘ladi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova ikki rolni mohirlik bilan ijro etgan.

    “Zamonaviy sovchilar-3”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammadiso Abdulxayirov yana bir filmda qiyofadosh insonlar rolini ijro etgan. Ya’ni u “Zamonaviy sovchilar-3” komediyasida bir-biriga o‘xshash Sobir va Shavkatboy rollarini ijro etgan. Shavkatboyning o‘g‘li qo‘shnisi Sobirjon akaning uyiga chiqib, maktabida bir muammo chiqqanini va buni dadasiga aytishga qo‘rqayotgani uchun Sobirjon akadan dadasi rolini o‘ynab berishni so‘raydi. “Bittagina mo‘ylov yopishtirsangiz, dadamning o‘zginasi bo‘lasiz”, deydi. Birgina o‘zgarish sabab odamlar Sobirjonni Shavkatboy deb o‘ylaydi. Kamtarona hayot kechiradigan Sobirjonni Shavkatboy deb o‘ylab, odamlar qarzlarini to‘laydi. Afsuski, u boyning katta mablag‘ini yo‘qotib qo‘yib, boshi baloga qoladi.

    Mavzuga doir:

    • “Tutash taqdirlar”, “Zebuzar” va raqqosalar bosh rollarni ijro etgan boshqa mashhur film va seriallar (video)
    • “Sevinch”, “Dilhiroj”, “Sevginator” va o‘zbekistonlik xonandalar suratga tushgan boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)
    • Zarina Nizomiddinova, Rayhon Ulasenova va o‘zbek shou-biznesidagi faoliyatini raqqosalikdan boshlagan boshqa mashhurlar (foto)
    • “Aldangan ayol” kastingidan o‘tolmagan Nigora, Taxmina obrazidan quruq qolgan Durdona. Film va seriallardagi mashhur rollarni turli sabablarga ko‘ra ijro eta olmagan aktrisalar (foto)
    • Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    27.05.2022, 15:48   Izoh (0)   40744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mo‘ynali yopinchiqdan qo‘lansa hid kelardi”. Taniqli aktyor va aktrisalarning butun dunyoga mashhur bo‘lgan rollar haqida fikrlari (foto)

    27.05.2022, 12:44

    “Tor: Sevgi va yashin” filmining kengaytirilgan treyleri chiqdi

    25.05.2022, 20:43

    Rakesh va Ritik Roshanlar — Bollivudning ijodkorlar sulolasi haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    25.05.2022, 18:57

    Filmlardagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, faqat kino ijodkorlarining tasavvurida yaratilgan eng mashhur 8 ta yolg‘on

    25.05.2022, 16:45

    So‘nggi 10 yil ichida namoyish etilgan turk seriallaridagi eng mashhur juftliklar (foto)

    24.05.2022, 10:43

    Kinotavsiya: bolalar bilan tomosha qilish kerak bo‘lgan, boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar haqidagi filmlar (foto)

    21.05.2022, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.