Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining 2022-yil 25-may holatiga ko‘ra minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.
Mahsulotlar narxlarida 20-maydagiga nisbatan o‘zgarish kuzatilgan, xususan, piyoz, sabzi, o‘simlik yog‘i, kartoshka hamda shakar biroz qimmatlashgan.
2022-yil 25-may holatiga ko‘ra mahsulotlar narxlari:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) – 45 000—73 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) – 55 000—86000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) – 3000—8000 so‘m (+500);
- piyoz (1 kilogramm) – 2000—6000 so‘m (+1000);
- sabzi (1 kilogramm) – 2000—7000 so‘m (+1000);
- tuxum (10 dona) – 6500—15 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) – 5000—21 000 so‘m (+500);
- o‘simlik yog‘i (1 litr) – 15 400—28 000 so‘m (+400);
- shakar (1 kilogramm) – 9000—14 000 so‘m (+1000).
Izoh (0)