Facebook’da oson va tez pul va’dasi bilan reklama e’lonlari soni oshdi. Bunga “Daryo” o‘quvchilari e’tibor qaratdi.
Firibgarlar reklamalarda taniqli tadbirkorlar, jumladan, Alisher Usmonovning suratlaridan foydalanadi.
Reklama Telegram’dagi kanal yoki guruhga o‘tkazadi, u yerda esa “boy bo‘lishga yordam berish” taklif qilinadi.
Firibgarlar ma’lum pul miqdorni o‘tkazishingizni so‘rab, uni bir necha barobar oshirishga va’da beradi. Hech qanday shartnoma tuzilmaydi, kafolatlar berilmaydi.
“Dalil” sifatida turli shaxslarning skrinshotlari va videoxabarlari, shuningdek, internetdan olingan suratlar (masalan, 2014-yildagi Paynet cheki) ishlatiladi.
Avvlroq O‘zbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)