Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda fuqaro A.Pavlenko viloyatdagi Shoxi-Zinda ko‘chasida joylashgan Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida yer qazish ishlari olib borilgani haqida prezident portaliga murojaat qilgan. Madaniyat vazirligi mazkur holatga munosabat bildirib, bu bo‘yicha Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi va Arxeologiya instituti xodimlari o‘rganish olib borganini ma’lum qildi.

Foto: Madaniy meros agentligi

Foto: Madaniy meros agentligi

Ma’lum qilinishicha, YUNESKO tomonidan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida obodonlashtirish bilan bog‘liq inshoot qurish uchun 9x9x2,5 metr (180 metr kub) yer kavlangan. Shurf (kavlangan joy) o‘rganilganda o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht bo‘laklari va shurfning yuqori qismida qabriston qoldiqlari aniqlangan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Foto: Madaniy meros agentligi

“Yuqoridagilarni inobatga olib, qazish va qurilish ishlarini olib borgan tashkilot bo‘yicha aniqlik kiritgan holda, ushbu tashkilotga nisbatan choralar ko‘riladi”, — deyiladi munosabatda.

Foto: Madaniy meros agentligi

Foto: Madaniy meros agentligi

Foto: Madaniy meros agentligi

Foto: Madaniy meros agentligi

Avvalroq Buxoroda qo‘yxonaga aylangani rad etilgan “Chor minor” madrasasi chorbog‘ida tandirdan ham foydalanib kelingani ma’lum bo‘lgani, Qoraqalpog‘istonda maqbara hududida qabr uchun yerlar sotilayotgani, Samarqandda “snos”ga tushgan hududdan topilgan Qur’on oyatlari tushirilgan qadimiy qabrtoshlar qaysi asrga va kimga tegishli ekani aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda kelasi hafta 42 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lning qatnov qismida prank uyushtirgan yigitlar 3 sutkaga qamaldi
Dunyo
Dunyo bo‘ylab millionerlar soni sezilarli darajada kamaydi