• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Shunchaki aqlbovar qilmas pullar: UFC tarixidagi eng qimmat top-5 jang haqida

    UFC mashhurlik va ommaboplik borasida jadal rivojlanib bormoqda, tomosha qilinishlar soni bo‘yicha ham boks bilan bemalol raqobat qila oladi, ba’zida oshib ketishi ham hech gap emas. Ammo bu darajaga promoushenning asosiy xarizmatik jangchisi — Konor Makgregorsiz yetib bo‘lmasdi. Tashkilot tarixidagi eng kassabop janglar aynan irlandiyalik nomi bilan bog‘liq. Shu sababli prezident Deyna Uayt ham uning har qanday injiqliklarini ko‘taradi, bunga misol tariqasida Konorning hech qachon tugamaydigan janjallari va faoliyatini yakunlash haqidagi seriyali bayonotlarini keltirish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Makgregorning bir o‘zi Uaytga o‘nlab jangchilardan ko‘proq daromad olib kelishi hech kimga sir emas. Agar UFC tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan janglar o‘nligiga qaralsa, uning yarmidan ko‘pi Konor Makgregor ishtirok etgan janglar hissasiga to‘g‘ri keladi. Quyida ularning eng daromadli beshtasi haqida so‘z yuritiladi.

    5. Eddi Alvares — Konor Makgregor

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mazkur to‘qnashuv daromaddan tashqari, tarixiy ahamiyatga egaligi bilan ham muhim edi. Bu ikki xil toifasidagi ikki chempion o‘rtasida kechgan birinchi jang edi. Garchi afishada Makgregor – Alvares emas, Alvares – Makgregor deb yozilgan bo‘lsa-da, muzokaralar stolida irlandiyalik yetakchilik qiladi. Jang natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Konor 3 million dollar, yengil vazn toifasi chempioni esa atigi 500 ming dollar olardi. Homiy Reebok har bir jangchiga qo‘shimcha yana 40 ming dollar olib kelardi. Konor, shuningdek, Eddini ikkinchi raundda nokautga uchratib, kechaning eng yaxshi jangchisi bo‘lgani uchun qo‘shimcha 50 ming dollarga ega chiqadi.

    Bundan tashqari, kecha rekord darajadagi raqamlar bilan ham yodda qoldi. UFC 205 chiptalar sotuvida eng ko‘p daromad ko‘radi — 17,7 million dollar, bu avvalgi UFC 129 ga qaraganda 5,7 million dollarga ko‘proq edi. Shu bilan birga UFC 205 afsonaviy Madison Square Garden tarixidagi kassa rekordini yangilaydi, hatto Lennoks Lyuis va Evander Holifild (13,5 million dollar) o‘rtasidagi boks jangini ham ortda qoldiradi.

    PPV’da (pulli translyatsiyalar tizimi) Konor va Eddi o‘rtasidagi qo‘shma jang 1,3 millionta tomoshabin yig‘adi — PPV tarixida 11-o‘rin. Okean ortida pulli translyatsiya, taxminan, 60—70 dollarni tashkil qiladi.

    Umuman olganda, kassadan tashqari, UFC 205, taxminan, 78 million dollar daromad ko‘radi, shundan kamida 10 million dollari irlandiyalikning qo‘liga tegadi. Shu tariqa Konor bir oqshomda 13 million dollardan ko‘proq ishlab topgan, Eddining daromadi esa 1 million dollardan oshmaydi.

    4. Konor Makgregor — Donald Serrone

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu Konor uchun Habib Nurmagomedovga yutqazganidan keyingi ilk jang bo‘ladi. UFC faxriysi Donald “Kovboy” Serronega qarshi kambek 1 353 429 tomoshabin yig‘adi. Habibga uchralgan mag‘lubiyatga qaramay, Konor homiylik va PPV’dan 3 million dollar olish huquqiga ega edi. Serrone esa shartnomada ko‘rsatilgan 200 ming dollardan tashqari, irlandiyalik ustidan g‘alaba qozongan taqdirdagina to‘lovni ikki baravar oshirishi mumkin edi, chunki u PPV’dan tushgan daromaddan ulush talab qilmagan. Shu tariqa Konor 40 soniya ichida shartnoma to‘lovlari va PPV ulushidan, taxminan, 15 million dollar ishlab oladi.

    Agar homiylik shartnomalari hisobga olinsa, bu miqdor besh baravarga oshadi. Konor turli homiylardan jami 80 million dollarga umid qilgan, bir yillik tanaffus va Nurmagomedovdan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin yomon natija emas.

    3. Neyt Dias — Konor Makgregor 2

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    UFC tarixidagi eng ajoyib va ​​orziqib kutilgan janglardan biri katta to‘lovlarsiz o‘tishi mumkin emas edi. 2016-yildagi sensatsiyalardan keyin Diasning kotirovkalari oshadi va u gonorar bo‘yicha Konor bilan deyarli tenglashib oladi. Agar birinchi jang uchun Neyt bor-yo‘g‘i 620 ming dollar bilan kifoyalangan bo‘lsa, revansh jangi uchun 20 baravar ko‘proq oladi.

    Jangdan oldin Diasga 2 million dollar kafolatlangandi. Reebok bilan homiylik shartnomasi unga yana 250 ming dollar olib keladi. Kechada jang qilgani uchun yana 50 ming dollar qo‘shimcha bonus. Va eng muhimi, aynan shuning uchun hamma Konor bilan jang qilishni xohlaydi — PPV orqali tushadigan ulush. 5 oydan keyin o‘tkazilgan ularning revanshi birinchi jangga qaraganda deyarli 300 ming ko‘proq tomoshabin to‘playdi. To‘qnashuv hammasi bo‘lib 1,6 million marta ko‘riladi. Bu UFC tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan ikkinchi jang hisoblanadi. Dias yana 10,5 million dollarga ega chiqadi. Va oxirgi bonus: 150 ming dollar — Las-Vegasdagi aftepati (asosiy kechadan keyingi tadbir) uchun. Umumiy hisobda Neyt, taxminan, 13 million dollar ishlab oladi.

    Konorda esa yanada kattaroq summa. 3 million dollarlik kafolatlangan shartnoma, Reebok’dan 250 ming dollar, kechada qatnashgani uchun 50 ming dollar, pulli translyatsiyadan 11,5 million dollar va Las-Vegasdagi aftepati uchun 250 ming dollar. Jami — 15 million dollar.

    2. Konor Makgregor — Dastin Porye 2

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Habib Nurmagomedovdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Konor birinchi raundning 40 soniyasida Donald “Kovboy” Serronening burnini yerga ishqalaydi. Eng qizig‘i Porye ham Habibga yutqazganidan keyin bitta g‘alabaga erishgandi — Den Huker ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, reputatsiyasini tiklab oladi. Bir jangchidan uchralgan mag‘lubiyatga qaramay ular PPV’ni hisobga olmagan holda ham yaxshigina daromad ega chiqadi. Konor rekord darajadagi 5 million dollarga ega chiqadi, odatda u maksimum 3 million dollar olardi. Dastinda esa bu ko‘rsatkich 1 million dollarni tashkil qiladi.

    Amerikalik jangchi Makgregorni ikkinchi raundda nokautga uchratganiga qaramay, u faqat kechada qatnashgani uchun bonuslar (50 ming dollar) va Reebok homiyligidan (50 ming dollar) pul oladi, xolos. Irlandiyalik esa 15—20 million dollarga ega chiqadi, chunki pullik ko‘rishlar soni 1,6 millionni tashkil etadi, bu pulga chaqilsa, kamida 100 million dollar deganidir.

    1. Habib Nurmagomedov — Konor Makgregor

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    UFC tarixidagi eng shov-shuvli va janjallarga boy bo‘lgan jang. PPV’ga ko‘ra bu jang MMA bo‘yicha eng ko‘p ko‘rilgan janglar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi — 2,4 million. Faqat Floyd Meyvezer — Menni Pakyao (4,6 million) va Floyd Meyvezer — Konor Makgregor (4,3 million) o‘rtasidagi boks to‘qnashuvlari bundan yaxshiroq natijaga ega.

    Konor jangdan oldingi qiliqlari bilan Neyt Diasga qarshi kechgan revanshdagiga qaraganda 1,5 baravar ko‘proq tomoshabinlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ladi. Konor (50 ming dollar va 180 kunlik diskvalifikatsiya) va Habib (750 ming dollar va 9 oylik diskvalifikatsiya) jarimaga tortilganiga qaramay, tomoshabinlar oktagon ichida ham, uning tashqarisida ham ko‘rgan narsalaridan, albatta, zerikmagan. Raqibi joylashgan avtobusga stul otish misolida Konor ba’zida oshirib yuborishi mumkin, lekin nima bo‘lganda ham uning ajoyib shoumen ekanligini inkor etib bo‘lmaydi.

    To‘lovlar haqida gap ketganda, Konorning shartnomaga ko‘ra 3 million dollar, Habib esa 2 million dollar olganini aytish kerak. Pulli translyatsiya esa kamida 150 million dollar yig‘gan, shundan 30 millionga yaqini Konorga, 8 millioni Habibga tegadi. Bundan tashqari, har ikki jangchi Reebok’dan 250 ming dollardan bonus oladi. Konor hammasi bo‘lib 33 million dollar, Habib esa 10 million dollargacha daromadga ega bo‘lgan.

    24.05.2022, 23:49   Izoh (0)   41955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    24.05.2022, 22:31

    Superliga. “Nasaf” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Bunyodkor”ni tor-mor keltirib, 2-o‘ringa ko‘tarildi, “So‘g‘diyona” “Qo‘qon-1912”ni yer tishlatdi

    24.05.2022, 21:06

    Trilogiya. Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o‘rtasidagi uchinchi jang bo‘lib o‘tadi

    24.05.2022, 20:03

    “Roma” “Yuventus”ning yetakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Totti o‘zining 10-raqamini unga berishga tayyor

    24.05.2022, 19:03

    “Real”ga o‘tish orzusi hech qachon o‘tmishda qolmaydi. Kilian Mbappe nima sababdan “Real”ga o‘tmagani, pul va “Liverpul” bilan muzokaralar haqida

    24.05.2022, 17:40

    Qatar JCh—2022 mezbonligidan mahrum bo‘ladimi? Iste’fodan so‘ng “portlagan” Kabayev, chet el ligasida chempion bo‘lgan 17-o‘zbekistonlik. O‘zbek futbol gazetalari

    24.05.2022, 16:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.