• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moldova sobiq prezidenti Igor Dodon hibsga olindi

    Moldova sobiq prezidenti Igor Dodon bir nechta moddalar, shu jumladan, davlatga xiyonat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida 72 soatga hibsga olindi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    “Deschide.md” nashri manbalariga ko‘ra, sobiq prezident bilan birga uning qaynog‘asi Petru Marinyanu ham qo‘lga olingan. U dalillarni yo‘q qilishga uringan.

    Shu paytgacha Dodonning uyida tintuv o‘tkazilayotgan edi. Surishtiruv to‘rtta modda bo‘yicha jinoiyat ishi doirasida olib borilmoqda, bular — passiv korrupsiya, siyosiy partiyaning jinoiy tashkilotdan moliyaviy yordam olishi, noqonuniy boyish va davlatga xiyonat.

    “Tergov tadbirlari davom etmoqda. Dodonning uyida va unga tegishli ba’zi inshootlarda tintuvlar o‘tkazildi. U 72 soatga hibsga olindi”, — deya ma’lum qildi Moldova Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Marianna Kyorpak.

    Uning aniqlik kiritishicha, tintuvlar jami 12 ta joyda, shu jumladan, sobiq prezident o‘zi tuzib, rahbarlik qilgan Moldova—Rossiya ishbilarmonlik ittifoqi ofisida ham olib borilgan. Shuningdek, politsiya siyosatchining vositachilariga taalluqli ko‘chmas mulklarni ham o‘rganmoqda.

    Dodon faxriy prezidenti hisoblanadigan Sotsialistlar partiyasi Moldova hukumatini mamlakatni boshqarishda natijalarga erishishga noqobil bo‘lgani tufayli “tomosha uyushtirish”ga urinishda aybladi.

    Sotsialistlar partiyasi sobiq yetakchisi Igor Dodon 2016—2020-yillarda Moldova prezidenti bo‘lgan. U rossiyaparast siyosatchi va Vladimir Putinning tarafdori hisoblanadi. 2020-yilgi saylovda u Mayya Sanduga mag‘lub bo‘ldi.

    18-may kuni Moldovada mamlakat sobiq prezidenti va Sotsialistik partiyaning sobiq rahbari Igor Dodonga nisbatan uning Moldova Demokratik partiyasi sobiq rahbari Vladimir Plaxotnyuk bilan uchrashuvi aks etgan videotasvir ortidan jinoiy ish ochilgan edi.

    Ushbu video Moldova parlamentining sobiq deputati Yuri Renita tomonidan 2020-yilda e’lon qilingan. Unda Plaxotnyuk va o‘rinbosari Sergey Yaralov Dodonga paket topshiradi. Renitaning ta’kidlashicha, uchrashuv 2019-yilda bo‘lib o‘tgan, paketda katta miqdordagi pul bor bo‘lgan.

    Videoda Dodon va Plaxotnyuk parlamentda konstitutsiyaviy ko‘pchilikka ega bo‘ladigan koalitsiya tuzishni muhokama qiladi. TV-8 kanali ta’kidlashicha, Dodon “doimiy ravishda Vladimir Putinga qaydlar yozib turishini” aytgan, ammo ularning mazmuniga oydinlik kiritmagan.

    2020-yil iyun oyida Moldovaning Korrupsiyaga qarshi prokuraturasi “jinoyat belgilarini” ko‘rmagani sabab Dodonga qarshi ish qo‘zg‘atishdan bosh tortgan edi. Idoraning tushuntirishicha, tekshiruv paketning ichida nima bo‘lganini aniqlay olmagan, qaror esa qonuniy yo‘l bilan to‘plangan dalillarga asoslangan.

    Dodon Plaxotnyukdan pul olganini rad etib, jinoiy ish qo‘zg‘atilishini uning “mamlakatdan qochib ketishi”ga erishish istagi va “hamma narsa izdan chiqqan bir paytda” Moldovadagi muammolardan e’tiborni chalg‘itishga urinish bilan izohladi.

    2021-yil dekabrida sobiq prezident 2008-yilda Moldovani elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan Energocom ishtirokidagi sxema hamda Iqtisodiyot vazirligi (o‘sha vaqtda unga Dodon rahbarlik qilgan) yordamida 12 million dollar miqdoridagi o‘g‘irliklar haqidagi ish bo‘yicha gumonlanuvchi deb topilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Moldovadagi saylovlarning ikkinchi turida muxolifat nomzodi Mayya Sandu amaldagi prezident Igor Dodonni ortda qoldirdi
    • Dodon demokratlarni uni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rishda, sudni esa qonunni buzganlikda aybladi
    • Moldova prezidenti respublikaga bosim kuchayishini aytdi

    24.05.2022, 15:04   Izoh (0)   16392
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moldova sobiq prezidenti Dodon vatanga xiyonat qilishda gumonlanmoqda

    24.05.2022, 14:47

    Maymunchechak tarqalishini to‘xtatish mumkin — JSST

    24.05.2022, 13:22

    Zelenskiy to‘satdan vafot etgan taqdirda, Ukraina hukumatida B reja borligini aytdi

    24.05.2022, 12:57

    Maktabda yomon o‘qigan, xotinining ilmiy ishlarini o‘zlashtirib olgan, atom bombasini yaratgan. Albert Eynshteyn haqida tarqalgan uydirmalar

    24.05.2022, 12:05

    Eronda 10 qavatli bino qulab tushdi, 80 kishi vayronalar ostida qolmoqda (foto)

    24.05.2022, 11:20

    Xitoyning iqtisodiy o‘sishi 46 yil ichida birinchi marta AQSHdan ortda qoladi — Bloomberg

    24.05.2022, 11:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yetakchi davlatlar Isroilni G‘azoga yordam yetkazishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi

    Dunyo | 21 iyul, 22:00

    Makronning reytingi rekord darajada pastladi

    Dunyo | 21 iyul, 21:41

    Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash byurosi rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

    Dunyo | 21 iyul, 21:25

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    Dunyo | 21 iyul, 21:06

    Janubiy Koreya generali Shimoliy Koreya bilan ataylab urush yuzaga keltirishga urinishda ayblanmoqda

    Dunyo | 21 iyul, 20:50

    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

    Reklama | 21 iyul, 19:30

    Bangladeshda o‘quv samolyoti qulab tushishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 21 iyul, 20:35

    O‘zbekistonda juda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 20:25

    AQSH federal sudlari 75 foiz holatlarda Trampga qarshi qarorlar chiqargan

    Dunyo | 21 iyul, 20:15

    Go‘shtdan metangacha: O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar keskin qimmatlashgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 20:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.