Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xonanda Manzura “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Manzura suhbat davomida hayotida sodir bo‘lgan voqealar haqidagi qisqa savollarga qiziq javoblar berdi.

— Manzuraning hayotiga suiqasd bo‘lganmi?

Bundan yigirma yilcha avval to‘yda jamoadagi bolalarimni urmoqchi bo‘lib, pichoq bilan kelib, o‘ldirib yubormoqchi bo‘lishgan. Men ham juda “duxi” baland qiz edim. Otdan tushsam ham, egardan tushmaganman. Ular nima degan bo‘lsa, xuddi shunday javob qaytarganman. Har xil gap-so‘zlardan so‘ng, ular bizni qo‘yib yuborishgan. Ular bizni o‘rab olib, asir qilib qo‘yishgandi. Ma’murimni tepishgan edi. Bunday holatlar eslasak, ko‘p chiqaveradi.

— Manzura necha yoshigacha kuylamoqchi?

Juda yaxshi savol. Ammo buni aniq bilmayman. Ulug‘ yoshlargacha kuylab yurish bu juda ham yaxshi. Xalq bilan, muxlislar bilan bo‘lasiz. Ovunasiz. Lekin aynan ayol xonandalarga qarigan vaqtida o‘zining farzandi bo‘lishini, farzandlari unga yaxshi munosabatda bo‘lishini tilagan bo‘lardim. O‘zimga ham bu nasib etishini niyat qilaman.

— Shou-biznes vakillari orasida Manzuraning qo‘lini so‘raganlar bo‘lganmi?

Bo‘lgan, desam ham bo‘ladi, ammo rad javobini berganman. Chunki bu hayotga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaganman. San’atkorlarga munosabatim juda zo‘r. Lekin bitta sohadagi insonga turmushga chiqishni xohlamaganman.

— Manzura videokliplar suratga olishga qancha pul sarflagan?

Qimmat kliplarimiz juda ko‘p bo‘lgan. Ularga 6,5 ming dollardan 7,5 ming dollargacha pul ketgan. Adashmasam, kliplarimizga shu atrofda pul sarflardik.

— Manzura Davron Kabulovga gonorar berganmi?

Davron Kabulov bilan hamkorlik qilganmiz. Menimcha, berganman, balki bermaganmanmi, aniq esimda yo‘q.

— Manzuraning birinchi gonorari qancha bo‘lgan?

1997-yillarda 100 dollarga xizmatga chiqqanimni eslay olaman. “Osiyo” degan guruhimiz bo‘lgan. Bu guruh juda zamonaviy bo‘lgan.

— Manzura uyini qanday sotib olgani haqida.

Ba’zida qo‘shiqchilarning boshqa biznesi bo‘ladi. Bir xillarining ota-onasi boy bo‘ladi. Biz opam bilan boshqa biznes qila olmaganmiz. Kliplarimga, reklamalarga o‘zim pul to‘laganman. Bular uchun ham katta pul sarflaganman. Masalan, to‘ydan pulni olib, televideniyega beraman, shu pulni olib rejissorga, ovoz yozishga, xullas, o‘zimda kundalik xarajatlar uchun pul qolgan, xolos. Biz ham har bir o‘zbekka o‘xshab sekin-sekin uyning pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga sotib olganmiz. Birdan sotib olishga imkonimiz yetmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi