Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bekatlaridan biriga tobut ko‘rinishidagi o‘rindiqlar o‘rnatilgani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Metropoliten mazkur holatga munosabat bildirdi.
“Men biroz qo‘rqib ketdim. ‘Olmazor’ metro stansiyasi. Yoki Ol-Mozor”, — deb yozadi tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent metropolitenining “Olmazor” bekatidagi o‘rindiqlar 2020-yilning dekabr oyida o‘rnatilgan bo‘lib, dizayni oddiy uslubda yaratilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu o‘rindiqlar hech qanday ramziy ma’noga ega emas.
“Shu o‘rinda fuqarolardan noo‘rin xulosalarga kelmasliklarini so‘raymiz. Jumladan, kutish o‘rindiqlari maxsus tarzda ikki tomonlama ochiq qilib joylashtirilgan”, — deyiladi munosabatda.
Izoh (0)