Toshkent aholisi jamoat joylarida, xususan, ko‘chada tamaki chekkani uchun jarimaga tortilayotganliklari haqida xabarlar tarqaldi, deb yozmoqda “Potrebitel” guruhi.
Jarimaga tortilganlar orasida bir necha kishi bo‘lib, ulardan biri elektron sigareta chekkani uchun jazolangan. Ma’muriy javobgarlikni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni oson: huquq-tartibot organi xodimi fuqarodan pasportini ko‘rsatishni, yoki planshetga barmoqlarini bosishni so‘raydi va bu jarimani rasmiylashtirish uchun yetarli.
“Erim hozir uyga kelayotganida tamaki chekkani uchun jarimaga tortishibdi. Jarima 90 ming so‘m, telefonga SMS keldi. Agarda tezda to‘lasak, 63 ming so‘m ekan. Men nimadandir bexabarmani, hamma chekyapti-ku? Aynan qayerda chekish kerak?”, — deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-1-moddasiga ko‘ra (ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno) bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima (90 ming so‘m) solishga sabab bo‘ladi.
Shu bilan birga, internet foydalanuvchilari tamaki chekuvchilar uchun Toshkentda maxsus joylar deyarli yo‘qligini ta’kidlamoqda. Bunday joylarni katta bog‘lar va aeroportda uchratish mumkin, xolos.
Izoh (0)