• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘quvchi qizlarni ‘kelinim’ deb izza qilgan”. Buxoroda o‘quvchi qizni kaltaklagan maktab direktori zo‘ravonligi sababini izohladi

    Buxoro tumanidagi 26-umumiy o‘rta maktabining 8-sinfida o‘qiyotgan qiz maktab direktori tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida o‘rganish olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “2022-yilning 19-may kuni tumandagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘quvchisini kaltaklagani haqidagi xabarni eshitganim zahoti ta’lim tizimi hamda huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzib, holatni o‘rgandik”, — deydi Buxoro tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shamshod Sa’dullayev.

    Mas’ulning ma’lumot berishicha, 2022-yilning 17-may kuni tumandagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Umida Jo‘rayeva 8-sinf o‘quvchisi N.H.ning chap qo‘l yelka va tirsak yuqori bilaklariga tayoq bilan urib, unga o‘rta og‘ir darajada jarohat yetkazgan.

    “Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, 2022-yilning 8-mart kuni kaltaklangan N.H.dan shu sinfda tahsil olayotgan amakisining o‘g‘li S.H. 6-sinfda o‘qiyotgan 14 yoshli B.I.ismli qizga olgan guldastani sovg‘a tariqasida yetkazib qo‘yishini iltimos qilgan. O‘quvchi qiz gulni B.I.ga olib borgan. B.I. esa gullarni olmay qaytarib bergan. Bundan ilgari ham bir necha marotaba shunday voqea takrorlangani bois B.I. N.H.ga qarindoshining nomidan gul ham, xat ham keltirmasligini tayinlagan. Shundan so‘ng S.H. yana o‘quvchi qiz orqali uning sovg‘a-salomini qaytargan B.I. bilan bir sinfda o‘qiydigan Z.S.ismli qizga atalgan gullarini yetkazib qo‘yishini so‘ragan. N.H. yana amakisining o‘g‘li talabi bilan gullarni aytilgan qizga olib borgan. Z.S. gullarni olmagan va N.H.ga bunday ishlar qilmasligini aytib, urishib bergan.

    Maktab direktori Umida Jo‘rayevaning “Daryo”ga bildirishicha, N.H. qarindoshi bergan sovg‘a-salomlarini qabul qilmayotgan qizlarga “Sovg‘alarni olmasang, uchrashuvga chiqmasang, ko‘cha-ko‘yda sharmanda qilaman”, deb po‘pisa qilib kelgan.

    “17-may kuni N.H.ning sinf rahbari Shoira Soliyeva qiz shunday xatti-harakatlarini davom ettirayotganini, o‘quvchi qizning tarbiyasiga kuchi yetmayotganini aytdi. Maktab o‘quvchilari orasida shunday ‘shantaj’liklar davom etib kelayotgani haqida eshitib, bundan jahlim chiqdi. Qattiq jazavaga tushdim va asabimni to‘xtatolmay, o‘quvchi qizni kaltakladim. Yashirmayman, xato qildim. Jahlim chiqqanda shoshib qoldim, shekilli”, — deydi maktab direktori.

    Direktorning bildirishicha, o‘quvchi qizning gul va sovg‘a tashishidan bezor bo‘lgan 6-sinf o‘quvchi qizlari ham maktab direktoriga shikoyat qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shu o‘rinda, aytishim kerakki, N.H.ning maktabdagi xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, 6-sinfda o‘qiydigan B.I. va Z.S.lar ham shikoyat xati yozib bergan. Vaholanki, u 6-sinf o‘quvchi qizlarini o‘quvchilar orasida ‘kelinim’, deb izza qilib kelgan”, — deydi maktab direktori.

    Direktorning bildirishicha, u o‘z xatosini tushunib yetib, o‘quvchi qizning ota-onasidan uzr so‘ragani ularning xonadoniga borgan. Biroq ota-onasi uning uzr va kechirimlarini qabul qilishni istamagan.

    “O‘quvchi qizning xonadoniga kechirim so‘rash uchun bordim. Kechki ovqat payti edi. Dasturxon ustida spirtli ichimlik qo‘yilgan va qizning ota-onasi spirtli ichimlik iste’mol qilgan edi. To‘g‘risi, bu oila notinch oila sirasiga kiradi. Bundan bir necha yil ilgari ham N.H.ning katta opalari turmushga chiqib ketgunga qadar maktabimiz jamoasi ancha-muncha muammolarga duch kelganmiz”, — deydi maktab rahbari.

    “Daryo” muxbiri kaltaklangan o‘quvchi qiz va uning ota-onasi bilan suhbatlashish maqsadida ular yashovchi mahalla “Amirobod-Guliston” MFY raisi Alisher Fayziyev bilan telefon orqali bog‘langan. Mahalla raisi esa kaltaklangan o‘quvchi qiz yashaydigan xonadon telefon raqamini berishni istamagan va jurnalistning keyingi qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

    Aniqlanishicha, mahalla raisi — maktab direktorining turmush o‘rtog‘i. Va bundan ilgari ham oila vakillari mahalla raisiga bir necha bor ko‘mak so‘rab borgan. Ammo doimiy rad javobini olib kelgan.

    Hudud profilaktika inspektori o‘quvchi qizning oilasi notinch oilalar ro‘yxatida turmasligini bildirgan. Xuddi shuningdek, viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov o‘quvchining oilasi haqida to‘xtalgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kaltaklangan qizning otasi G‘.J. traktorchi, umr bo‘yi dalada ishlagan, onasi uy bekasi. Oilada to‘rt farzand bo‘lib, ikki nafar qizi turmushga chiqqan. Bundan ilgari ham oila vakillari qo‘ni-qo‘shnilar yoxud mahalla-ko‘y orasida hech qanday janjal yoki tortishuvlar keltirib chiqarmagan. Bu oila hech qanday notinch oilalar sirasiga kirmaydi va ular judayam oddiy va kamtarin yashashadi”, — deydi Shuhrat Jalolov.

    Kaltaklangan qizning onasi ham maktab direktorining gapini inkor etmoqda.

    “Bu qanday tuhmat bo‘ldi? Nega mening oilam notinch oilalar sirasiga kirar ekan? Hech qachon birovga shikoyat qilmagan bo‘lsak, kim bilandir janjallashmagan yoki urishmagan bo‘lsak, oilamiz tinch, to‘ng‘ich farzandlarimiz uyli-joyli, turmushi farovon. Tushunmay qoldim. Cho‘kayotgan odam xasga bo‘lsayam yopishadi, deyishgani shumi yoki? Qizimni ayovsiz kaltaklab, qo‘lini momataloq qilgach, bo‘lar-bo‘lmas gaplar tarqatishga urinyaptimi? Shumi pedagog madaniyati, shumi uzoq yillik tajribasiga ega pedagog vaji? To‘g‘ri, maktab direktori xatosini tan olib, kechirim so‘rab, uyimizga keldi. Ammo xo‘jayinim uning uzrini qabul qilmadi. Har qanday ota-ona o‘z farzandini mening farzandim o‘rniga qo‘yib ko‘rsin-chi? Farzandingiz maktab direktori tomonidan kaltaklanib, momataloq bo‘lib uyga qaytsa, qanday holatga tushasiz?! Qizimning otasi chidolmadi, maktab direktorining kechirimini qabul qilmadi”, — deydi qizning onasi Z.R.

    Ayolning tan olishicha, o‘sha kuni eri daladan qaytgach, charchog‘ini chiqarish uchun bir piyola spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

    “Xonadon ichida, oila davrasida bir piyola aroq ichish mumkin emas, deb qayerdadir yozilganmi? Dasturxon yozilgan vaqtda maktab direktori uyimizga keldi. Ammo turmush o‘rtog‘im bir og‘iz ortiqcha gapirgani yo‘q, mayli, o‘ylab ko‘raman, faqat hozir gaplashmaylik, opa, deb chuqur xo‘rsinib, ichkari uyga kirib ketdi. Men ham xo‘jayinim nima desalar, u kishidan oshirib, biror fikr aytolmayman, dedim. Shu bilan biz bilan xayrlashib, maktab direktori chiqib ketdi, xolos”, — deydi yig‘i aralash Z.R.

    Buxoro tumani XTB mudiri Shamshod Sa’dullayev o‘quvchi qizni ayovsiz kaltaklagan maktab direktorining xatti-harakatini qattiq qoralagan.

    “O‘quvchini tarbiyaga boshlash yoxud kamchiligi uchun unga psixologik ta’sir o‘tkazish o‘rniga, jahl ustida uni kaltaklab, jarohat yetkazgan maktab direktorining pedagogga xos bo‘lmagan sovuq va o‘ta qo‘pol harakatini umuman oqlab bo‘lmaydi. U qonun oldida javob beradi”, — dedi Shamshod Sa’dullayev.

    Ayni paytda ichki ishlar idoralari tomonidan maktabdagi ma’naviy muhitning yomonligi, o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq normalarining buzilgani, Umida Jo‘rayevaning maktab direktori bo‘la turib, o‘quvchilariga tajovuz ko‘rsatgani nuqtayi nazaridan unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish ishlari boshlab yuborilgan.

    22.05.2022, 14:42   Izoh (0)   70221
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Yangi Choshtepa 21-maydan buyon elektr ta’minotidan uzilgan

    22.05.2022, 14:10

    Namanganda kuchli yomg‘ir ko‘prikni qisman yemirib yubordi

    22.05.2022, 13:55

    Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan yigitning jasadi jarlikdan topildi

    22.05.2022, 12:59

    “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” 100 million dollarga sotiladi

    22.05.2022, 12:17

    Buxoroda maktab direktori o‘quvchi qizni kaltakladi

    22.05.2022, 11:15

    “O‘tgan yili 20 nafar mansabdor majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani uchun ulardan 1,9 mlrd jarima undirilgan” — mehnat vaziri

    22.05.2022, 10:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.