Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent metropolitenining “Chorsu” bekatida poyezd yo‘lovchilarni tushirib qoldirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan metropoliten matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 12:18 lar atrofida “O‘zbekiston” yo‘nalishida harakatlanayotgan 43-yo‘nalishdagi poyezd nosozlik sabab sekin harakatlanib “Chorsu” metro bekatiga belgilangan jadvaldan kech kirib kelgan. Shu sababli qayta tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida ushbu bekatga yo‘lovchilarni tushirib belgilangan hududga harakatlangan.

2 daqiqadan so‘ng esa ushbu poyezd ortidan kelgan harakat tarkibi yo‘lovchilarni olib, jadval asosida harakatlangan.

Bundan avval Toshkentda 58 yoshli fuqaro metro poyezdi yo‘liga tushib ketgani, Toshkent metrosining “Pushkin” bekatida 22 yoshli yigit o‘zini poyezd ostiga tashlagani hamda Toshkent metro poyezdi “Paxtakor” bekatida to‘xtab qolganiga izoh berilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)