• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “O‘zsanoatqurilishbank”: davlat dasturlari amalda

    Joriy yilning 18-may kuni Milliy matbuot markazida “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida joriy yilning birinchi choragida davlat dasturlari doirasida olib borilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari bank tomonidan 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish yo‘lida bajarilgan ishlar natijalari bilan tanishtirildi.

    “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan, 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoya siyosati yanada kuchaytirilgan. Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholini ijtimoiy himoyalash, ularni ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari hamda munosib turmush sharoitlari yaratish maqsadida qator vazifalar belgilangan.

    “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan davlat dasturlariga doir ustuvor yo‘nalishlar ijrosi yo‘lida faol ishlar olib borilmoqda.

    Davlatimiz rahbarining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi tumanlar hokimlari yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muassasa sifatida, qolaversa, joriy yilgi davlat dasturida belgilangan vazifalar asosida alohida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Bu bank mas’ullari boshchiligida hududlardagi har bir xonadon xatlovdan o‘tkazilib, “og‘ir” mahallalar va ehtiyojmand oilalarni manzilli o‘rganishga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda aholining ishsiz qatlami bilan tizimli ishlashga zamin yaratdi.

    Natijada joriy yilning 1-aprel holatiga binoan aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirish bo‘yicha qator ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Yigirma mingdan ziyod fuqarolar ish bilan ta’minlandi, 1094 ta yuridik va 1364 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokimlar yordamchilari tavsiyanomalari asosida 4801 ta loyihaga imtiyozli kreditlar ajratildi.

    Tadbirkorlik yo‘nalishida 400 ga yaqin kichik loyihalar ishga tushirilib, har bir mahallalarda yangi ayollar va erkaklar sartaroshligi, tikuvchilik, qandolatchilik va savdo do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, aholi xonadonlariga 60 bosh qoramol, 3528 bosh qo‘y va echki, 80,6 ming bosh parranda, shuningdek uzum, olma, o‘rik, gilos kabi mevali daraxtlar ko‘chatlari yetkazib berildi, 157 ta xonadonda 4,3 gektar ixcham issiqxona qurildi.

    “Ijtimoiy himoyalash borasida eng muhim ish — bu aholi bandligini ta’minlashdan iborat. Zero, kishilarning muqim ish joyiga ega bo‘lishi ular uchun oylik daromad manbaini kafolatlaydi. Shu bois ayni paytdagi sa’y-harakatlarimizda bandlik masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Joylarda o‘quv markazlari tashkil qilinib, ishsiz aholi muntazam ravishda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilmoqda, mutaxassisliklaridan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlarga biriktirilmoqda, korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilmoqda”, — deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari F.Abdurahmonov.

    Bundan tashqari, hisobot davrida aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida 67,1 kilometr uzunlikdagi ichki ta’mirtalab yo‘llarga shag‘al yotqizildi, foydalanishda yaroqsiz holga kelgan 24 dona transformator, 2 980 dona sim yog‘och va 151 dona tungi chiroqlar yangisiga almashtirildi.

    “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha bankka biriktirilgan 24 ta tumanning har biridagi sektorlarda boshqaruv ofislari tashkil etildi. Mingdan ziyod mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholining yashash tarzini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar olib borildi.

    Matbuot anjumanida “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan joriy yilning I choragida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham axborot berildi.

    Ta’kidlanishicha, yanvar—mart oylarida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan jami 5,1 trillion so‘mlik, shundan 215 milliard so‘mlik mahsulotlar mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan. Jumladan, 2,6 million tonna sement, 6,5 million kvadrat metr qurilish oynasi, 4,4 million kvadrat metr keramik plitka, 13 million kvadrat metr gipsokarton, 610 ming o‘ram gulqog‘oz kabi mahsulotlar ham mahalliy, ham tashqi bozorga yetkazib berilgan.

    Bunda eksport geografiyasi kengayib, mahsulotlar Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya kabi qo‘shni davlatlardan tashqari, yangi Niderlandiya, Indoneziya, Turkiya, Serbiya mamlakatlariga ham chiqarilgan.

    Tarmoqda 275 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, qiymati 35 million  dollarlik 77 ta loyiha ishga tushirilgan.

    “Bundan tashqari, 2021—2026-yillarda amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati ham shakllantirilib, ularning 698 tasini ishga tushirish uchun 751,4 million dollar miqdorida kredit ajratildi. Shuningdek, joriy yilda 420 ta investitsiya loyihani ishga tushirgan holda, 15 mingdan ziyod yangi ish o‘rnini barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 166 tasi tashabbuskorlar, investorlar hamda bank krediti hisobiga amaliyotga tatbiq etildi”, — deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish departamenti direktori Sh.Yusupov.

    Tadbirda har bir hududda qurilish materiallari ishlab chiqarishdan boshlab, tayyor ko‘p qavatli uy-joylar qurishgacha barcha jarayonlarni qamrab oladigan qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda zamonaviy uy-joy qurilish klasterlari tashkil etilgani, ular negizida tashkil etilgan korxonalarga tijorat banklari bilan birgalikda qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni lizing (yoki kredit) asosida sotib olish uchun 382 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilgani ma’lum qilindi.

    Bugungi kunda har ikki turdagi klasterlar bo‘yicha loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, ayni paytda qurilish ishlari boshlangan Sariosiyo tumanidagi kichik sanoat zonasini tashkil etish ishlari yil yakuniga qadar Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Ohangaron, O‘zbekiston va Buloqboshi tumanlarida faol davom ettiriladi.

    Matbuot anjumanida bank mas’ullari jurnalistlarni qiziqtirgan boshqa savollarga ham batafsil javob berdi.

    Reklama huquqi asosida.

    20.05.2022, 12:00   Izoh (0)   26661
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bizning Uylar Development kompaniyasi: xonadon xarid qiling va sovg‘alarga ega bo‘ling

    20.05.2022, 10:30

    “Kapitalbank” ATB mijozlari onlayn NKM’ni muddatli to‘lov asosida va foizsiz shaklda xarid qilishlari mumkin

    20.05.2022, 09:00

    INNO texnoparkda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi finali start oldi

    19.05.2022, 18:00

    Toshkent shahri bo‘ylab ikki kunlik sayohat va Yulduz Usmonovaning konsert dasturiga tashrif buyurishni xohlaysizmi?

    19.05.2022, 15:00

    Epam Insider Tashkent konferensiyasi — global IT kompaniya haqida eng qiziqarli ma’lumotlarni bilib oling

    19.05.2022, 12:00

    SEG neftchilari Farg‘ona vodiysida likvidatsiyaga uchragan ikkita neftli konni “hayotga qaytardi”

    19.05.2022, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Klublar o‘rtasidagi JCHda “Leon”ning o‘rniga qatnashish uchun FIFA’ga iltimos bilan chiqdi

    Sport | 15 iyun, 18:44

    “Tolibon” 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga Termizdagi bozorga borishni taqiqladi

    Dunyo | 15 iyun, 18:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH boshlandi: qaysi jamoalar ishtirok etadi, o‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi va mukofot puli qancha?

    Sport | 15 iyun, 16:58

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47

    Eron raketa zarbalaridan Isroildagi turar joylar vayron bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 15 iyun, 15:41

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.