• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” serialining syomkasi boshlandi. Ikkinchi mavsumda ijodiy jamoaga yangi aktyor va aktrisalar qo‘shildi

    Ayni kunlarda bir guruh o‘zbek aktyorlari “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi mavsumida suratga tushish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi. Lekin ular orasida Turkon xotunning kanizi — Oygul rolini ijro etgan aktrisa Saida Rametova va O‘tror hokimi Inolchixonning qizi — Shirin rolini ijro etgan Feruza Normatova ko‘rinmadi. Ular ikkinchi mavsumda suratga tushmaydimi? Ushbu savolga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova serial ijodkorlari bilan bog‘landi.

    Foto: Instagram / @alikhanofficial

    Madaniyat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi mavsumida Mahliyoxon Аsqaraliyeva, Jo‘rabek Аrziyev, Javohir Xo‘jayev va qator turk aktyor, aktrisalaridan iborat yangi chehralarni ham ko‘rish mumkin. Javohir Xo‘jayev Sariq bola taxallusi bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Jahongir Xo‘jayevning ukasi hisoblanadi.

    Mahliyo Asqaraliyeva

    Mahliyo Asqaraliyeva
    Foto: Instagram / @mahliyoaskaraliyeva

    Saida Rametovaning aytishicha, uning roli serialning ikkinchi mavsumida ham davom etadi.

    — Nasib qilsa, serialdagi rolim davom etadi. Hozircha jang sahnalarini suratga olamiz, sizni keyinroq chaqiramiz, deyishdi. Qachon chaqirishsa ham, tayyorman, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova.

    Foto: Instagram / @mendirmantvdizi

    Feruza Normatova intervyularidan birida hijobga kirgani tufayli serialda rol ijro etmaslikka qaror qilgani haqida so‘zlab bergan edi.

    “Shahzod Sultonov bilan ijodiy hamkorlik qilamiz, shartnomalarimiz bor. Unga ro‘mol o‘rash fikrim borligini aytganimda qo‘llab-quvvatlagan. Men sentabrda, tug‘ilgan kunimda o‘ranmoqchi edim. Shahzod yaxshi qabul qildi. Shundan biroz vaqt o‘tib, ‘Mendirman Jaloliddin’ serialining ikkinchi fasli suratga olinishi ma’lum bo‘ldi. Meni chaqirishdi. Avgustda ketib, noyabrda qaytiladi, deyishdi. Men serialning davomida ham suratga tushishga rozi bo‘ldim. Bu haqda Shahzodga aytganimda, u ‘Ro‘mol o‘ramoqchi edingiz-ku, serialda suratga tushish hijobdan ham muhimroq ekan-da’, dedi. Shu so‘zlardan keyin o‘ylanib qoldim va serialning davomida suratga tushmaslikka qaror qildim. O‘rnimga boshqa aktrisa suratga tushsa, yanayam yaxshiroq bo‘lar, degan fikr paydo bo‘ldi”, — degan aktrisa ushbu savolga javoban.

    Foto: Instagram / @alikhanofficial

    Ma’lumki, pandemiya sabab serialning suratga olish ishlari uzoq vaqt davom etdi va aktyorlar Turkiyada uzoq vaqt qolib ketishlariga to‘g‘ri kelgandi. Serial prodyuserlari tomonidan ikkinchi mavsumni suratga olish uchun ma’lum muddat belgilanganmi? Ushbu savolga ayni kunlarda Turkiyada bo‘lib turgan aktyor Javohir Zokirov javob berdi.

    Foto: Instagram / @mendirmantvdizi

    — Albatta, muhlat berilgan. Sentabr oyida ikkinchi mavsumning suratga olish ishlari yakunlanishi kerak, — deydi Chingizxon roli ijrochisi Javohir Zokirov.

    Javohir Zokirov shuningdek serial prodyuserlari bilan gonorar masalasida ham kelishuvga erishganini aytib o‘tdi.

    — Haqiqatan ham shunday bo‘lgandi. Muammo hal qilindi, hammasi yaxshi. Serialning ikkinchi mavsumi avvalgisidan zo‘rroq bo‘ladi. Hozirda serialning 14-qism ssenariysini o‘qib chiqdik. Unda tomoshabinni o‘ziga jalb qiladigan epizodlar juda ko‘p, — deydi aktyor Javohir Zokirov.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Ra’no Shodiyeva, Rayhon Ulasenova va Yulduz Rajabova ayni paytda Istanbulda syomka jarayonlariga tayyorlanmoqda. Feruza Normatova yaratgan obrazga esa boshqa aktrisa tanlanishi kutilmoqda.

    Foto: Instagram / @mendirmantvdizi

    “Serialning birinchi fasli 13 seriyadan iborat. Ikkinchi faslda yana 13 seriya suratga olinadi. Kelajakda umumiy jihatdan 52 qismdan iborat serial olish rejalashtirilgan”, — degandi matbuot anjumanida “Jaloliddin Manguberdi” seriali bosh maslahatchisi Boboxon Muhammad Sharif.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra Turkiyaning “Bozdag‘ film” kompaniyasi tomonidan “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olingan. Serial uchun Turkiyada 30 gektar maydonda  O‘zbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirilgan. 1200 nafar ishchi-xizmatchining mehnati bilan 3500 kvadrat metr maydonda balandligi 5,5 metr bo‘lgan ikki qavatli Xorazmshoh saroyi qad ko‘targandi.

    Foto: Instagram / @mendirmantvdizi

    Serialning ilk mavsumida Javohir Zokirov — Chingizxon, Emre Kiviljim — Jaloliddin Manguberdi, Yulduz Rajabova — Qutlibeka, Gulenay Kalkan — Turkon Xotun, Kaan Yalchin — Sulton Alovuddin Muhammad, Sezgin Erdemir — Temur Malik, Saida Rametova — Turkon xotunning kanizi Oygul, Ra’no Shodiyeva — Xorazmshoh Alovuddin Muhammadning xotini Oychechak, Rayhon Ulasenova —  Alovuddin Muhammadning xotini, O‘zloqshoh va Oqshohning onasi, Akbarxo‘ja Rasulov —  O‘zloqshoh, Feruza Normatova — O‘tror hokimi Inolchixonning qizi, aktyorlar Jamshid Sagatov va Akmal Mirzo — mog‘ul sarkardalari, Alixan — Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji, Boyir Xolmirzayev —  Najmiddin Kubro, Tohir Saidov — bosh vazir Nizomul mulk, Jahongir Abdumalikov — Jaloliddin Manguberdinging muhofizi rollarini ijro etishgandi.

     Mavzuga doir: 

    • “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari va aktyorlar jamoasi bilan o‘tgan matbuot anjumani — suratlarda
    • Emre Kiviljim — Jaloliddin, Javohir Zokirov — Chingizxon, Gulenay Kalkan — Turkon Xotun. “Mendirman Jaloliddin” taqdimotidan reportaj (foto va video)
    • “Qiynalib ketdim”. Yulduz Rajabova Turkiyada 10 oy yashagani, “Mendirman Jaloliddin” serialidagi qiyinchiliklarga to‘la roli haqida (video)
    • “Gonorarim mehnatimga yarasha”. Rayhon Ulasenova “Mendirman Jaloliddin” serialida askardek mehnat qilgani haqida gapirdi (video)

    20.05.2022, 15:36   Izoh (0)   36033
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filmlardagi rejissorlar o‘tkazib yuborgan va tomoshabinlar tomonidan aniqlangan xatoliklar (foto)

    20.05.2022, 13:42

    Saraton, bitlash, qovurg‘a sinishi. “Garri Potter” filmining aktyor va aktrisalari suratga olish maydonchasida duch kelgan qiyinchiliklar

    19.05.2022, 16:40

    “Qaynonamga san’atkor ekanim yoqmadi”. Bloger Xonzoda eri bilan yashamayotgani, bir oylik daromadi va seriallardagi rollarni sotib olishayotgani haqida

    19.05.2022, 14:47

    Kinotavsiya: dam olish kunlari tomosha qilish uchun eng yaxshi turk miniseriallari

    19.05.2022, 11:44

    “Doktor Strenj 2” jahon prokatida 700 mln dollar to‘pladi

    18.05.2022, 21:45

    Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)

    17.05.2022, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.