• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Saraton, bitlash, qovurg‘a sinishi. “Garri Potter” filmining aktyor va aktrisalari suratga olish maydonchasida duch kelgan qiyinchiliklar

    “Garri Potter”ning ashaddiy muxlislari filmning qaysi qismida nechanchi daqiqasida nima sodir bo‘lishini aniq bilishlari mumkin. Biroq ular sahna ortida aslida nimalar sodir bo‘lganini bilishmaydi. Franshizaning ba’zi bosh qahramonlari suratga olish jarayonida haqiqatan ham jiddiy muammolarga duch kelgani haqida quyida bilib olasiz.

    Quloq infeksiyasi

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers
    “Olov kubogi” filmidagi suvosti sahnalari butun filmdagi eng hayratlanarlilaridan biri bo‘lsa-da, ular jarayon ishtirokchilari uchun oson bo‘lmagan. Deniel Redkliff ushbu suratga olish jarayoni uchun 6 oy tayyorgarlik ko‘radi. Aktyor suv ostida ko‘p vaqt o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi, natijada u bir emas, balki ikki xil quloq infeksiyasini orttirib oladi. Denielga ushbu sahnalar uchun dublyor yollashni taklif qilishadi, lekin u hammasini o‘zi qilishni xohlaydi.

    Pedikulyoz (bit)

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Bir guruh bolalarni yopiq joyga to‘plasangiz, birin-ketin hammasining boshini bit bosishi aniq. Bu bolalar bog‘chasida, maktablarda va ma’lum bo‘lishicha, Xogvartsda ham sodir bo‘lgan. “Maxfiy hujra” filmini suratga olish jarayonida yosh aktyorlar sochini bit bosib ketgan. Suratga olish ishlari bitga qarshi kurashish uchun bir necha kunga to‘xtatiladi.

    Sham bilan sinov

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    “Hikmatlar toshi”dagi katta zal shifti ostida turuvchi shamlar dastlab haqiqiy bo‘lgan. Ular simdan foydalanib, hech qanday afsunsiz shiftga osilgan. Biroq suratga olishning dastlabki kunlaridayoq bu narsa ish bermasligi ma’lum bo‘ladi: olovdan chiqqan issiqlik simni eritib, shamlar yerga tusha boshlaydi. Aktyorlar xavfsizligi uchun rejissorlar ushbu rekvizitni kompyuter grafikasiga almashtirishga majbur bo‘lishadi.

    Og‘maxonning o‘limi

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Kartinaning 1-qismini suratga olish paytida Emma Uotson Milli laqabli og‘maxonni o‘zi bilan birga suratga olish maydonchasiga olib keladi. Buni qarangki, Emmaning sevimli jonivori yurak xurujiga uchraydi. Og‘maxonning o‘limi qizni juda xafa qiladi, ammo suratga olish guruhi yosh aktrisani qo‘llab-quvvatlaydi. Dizaynerlar u uchun maxsus baxmal astarli kichik yog‘och tobut va o‘yib yozilgan kumush lavha yasaydilar. Emma buni unutmaydi: 2014-yilda kinomukofotga sazovor bo‘lganda bunday hamdardlik uchun ijodiy guruhga minnatdorlik bildiradi.

    Singan qovurg‘a

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Ehtimol, rejissor Mayk Nyuell “Garri Potter”ning 4-qismini suratga olishga qaror qilganida ish bunchalik shiddatli bo‘lishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak. “Keksa” egizak Uizlilarning jangi kadrini sahnalashtirayotganda u uzoq vaqt davomida kerakli natijaga erisha olmaydi, natijada buni qanday qilishni o‘zi ko‘rsatishga majbur bo‘ladi. Nyuell aka-ukalardan birini belidan ushlab, polga yiqitmoqchi bo‘ladi. Urinish shunchalik muvaffaqiyatsiz bo‘ladiki, u o‘zi qovurg‘asini sindirib oladi.

    Saraton kasalligiga qarshi kurash

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Minerva Makgonagal rolini o‘ynagan aktrisa Meggi Smit “Tilsim shahzoda” filmini suratga olish chog‘ida ko‘krak saratoniga chalingani ma’lum bo‘ladi. Davolanish bilan bir qatorda suratga olish ishlari oson kechmaydi, lekin Meggi ham taslim bo‘lmaydi: u parik kiyadi va o‘z rolini qoyilmaqom ijro etadi. Hatto o‘z ahvoli haqida hazillashishga ham kuchi yetadi: uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda u qaynatilgan tuxumga o‘xshab qolgan.

    Linzalarga allergiya va boshqalar

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    “Garri Potter” asarini o‘qigan kitobxon Garri onasidan yashil ko‘zlarini meros qilib olganini biladi. Biroq qahramonning ekran versiyasining ko‘zlari moviyrang. Bu Deniel Redkliffning allergik reaksiyasi tufayli yashil kontakt linzalarda yura olmasligi bilan bog‘liq. Ammo bu “syomka” boshlanishida yuzaga kelgan yagona muammo emas. Boshqa narsalar qatorida, aktyor Garri Potter ko‘zoynaklarining dastlabkisiga allergiyasi bor edi. Ular tufayli uning ko‘zlari atrofida qora dog‘ va husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Yosh aktyorning sog‘lig‘iga zarar bermaslik uchun rekvizitlar zudlik bilan almashtiriladi.

    Rejissorlar bilan tortishuvlar

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    Foto: Warner Bros. and co-producers

    “Garri Potter” asari muallifi J. K. Rouling professor Sneypning aniq obrazini yaratishi uchun aktyor Alan Rikman voqealar yakunini bilishi kerakligini tushunardi. Ammo muammo shunda ediki, romanlarning oxirgi qismlari hali yakunlanmagandi, shuning uchun hech kim u haqida bilmasdi. Ammo Rouling rejissorlardan farqli o‘laroq, bu ma’lumotni baham ko‘rishga shoshilmaydi. Rikman Severusning asosiy sirini bilishi kerakligini taxmin qiladi. Natijada aktyor suratga olish maydonchasida rejissorlar bilan tez-tez bahslashishiga va uning xarakteriga tegishli bo‘lgan hamma narsani to‘g‘ri yo‘naltirishga majbur bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • Garri Potter — Deniel Redkliff aktyorlikni tark etib, rejissorlikda o‘zini sinab ko‘rmoqchi
    • Faqat Emma Uotson, Deniel Redkliff yoki Rupert Grint emas: “Garri Potter”dagi aktyor bolalar qanchalik o‘zgargan?
    • “Garri Potter” aktyorlari 20 yildan keyin ham mustahkam do‘stlikni saqlab qolganini isbotlovchi suratlar
    • “Garri Potter” ishqibozlariga manzur keluvchi 7 ta ajoyib fantastik film (foto)

    19.05.2022, 16:40   Izoh (0)   15656
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qaynonamga san’atkor ekanim yoqmadi”. Bloger Xonzoda eri bilan yashamayotgani, bir oylik daromadi va seriallardagi rollarni sotib olishayotgani haqida

    19.05.2022, 14:47

    Kinotavsiya: dam olish kunlari tomosha qilish uchun eng yaxshi turk miniseriallari

    19.05.2022, 11:44

    “Doktor Strenj 2” jahon prokatida 700 mln dollar to‘pladi

    18.05.2022, 21:45

    Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)

    17.05.2022, 17:48

    Nafaqat mashhur serialga aylangan, balki real hayotda ham inson hayotini saqlab qolgan “Doktor Haus” haqida qiziqarli faktlar

    17.05.2022, 13:44

    Janjalkashligi tufayli suratga olish maydonchasidan haydab yuborilgan Gollivud yulduzlari (foto)

    16.05.2022, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.