Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov SAP kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Reuters / Ralph Orlowski

Foto: Reuters / Ralph Orlowski
Uchrashuvda ta’lim va IT-tadbirkorlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, kompaniya ishtirokida kadrlar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Sherzod Shermatov kompaniyaga O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochishni taklif qildi. SAP bunga qanday javob bergani haqida xabar berilmagan.

SAP — 1972-yilda Germaniyada tashkil etilgan, dunyodagi tashkilotlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilardan biri. Kompaniya korxonalarning ichki jarayonlari uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqaradi: buxgalteriya hisobi, savdo, ishlab chiqarish, moliya, xodimlarni, omborlarni boshqarish va hokazo.

Avvalroq O‘zbekiston Cisco’ga o‘z vakolatxonasini ochish va masofaviy xizmatlarni kengaytirishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi