• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiydagi koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan Ahmadboy, Otabek Sattoriy va Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev haqida ma’lumot berildi

    O‘zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi Milliy preventiv mexanizmlar bo‘yicha ishchi guruhi Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalariga safar qildi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Ishchi guruh muassasalarning holati va u yerdagi jazo o‘tayotgan shaxslar holidan xabar oldi.

    Guruh tarkibida ombudsman vakillari, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati hamda “Huquqiy tayanch” jamoat birlashmasi vakillari (faqat Zarafshondagi koloniyada – “Ezgulik”) bor edi.

    Uchrashuvlarda ishtirok etgan “Ezgulik” jamiyati raisi o‘rinbosari Bekzod Nurmatovga ko‘ra, Zarafshondagi koloniya 2200 kishiga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 684 nafar mahkum jazo muddatlarini o‘tamoqda, ularning 27 tasi diniy radikal oqimlarga mansublikda ayblangan. Mazkur shahardagi 36-sonli manzil koloniya esa 450 kishini sig‘dira oladi. Bu yerda 272 nafar mahkum bor.

    “Navoiy viloyatining Qiziltepa koloniyasi esa o‘z bag‘ridan Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, taniqli jurnalist Xayrulla Hamidovlarni chiqargan, hozirda “xalq orasida mashhur bo‘lgan” piramidachi Ahmadboyni saqlayotgan maskan. Bu koloniya 2200 kishiga mo‘ljallangan, ayni paytda esa 1123 nafar mahbus bor. Ularning 62 nafari diniy ekstremistik oqimlarga mansub”, – deyiladi “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati xabarida.

    Qattiq tartibli bu koloniyada taniqli bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev bilan uchrashildi. “Qamoqxona sharoitidan shikoyatim yo‘q. Plastik sexida usta bo‘lib ishlayapman. Ammo sud hukmidan noroziman va men qamalishim kerakmasdi” – deydi Fozilxo‘ja.

    Foto: O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati

    Koloniya ma’muriyatiga ko‘ra, bu yerga diniy ulamo Abror Muxtor Aliy kelib ma’ruzalar qiladi. Piramidachi Ahmadboy esa “sangorod”da sog‘lig‘ini tiklamoqda.

    Navoiy shahridagi 12-sonli qattiq tartibli koloniya esa 1600 kishilik, bu yerda hozircha 1070 mahkum bor. Hozirda bu yerda 1146 nafar mahkum bor. Ularning 60 tasi radikal oqimlar faollari bo‘lgan. Bloger Akmal Sharipov ham shu yerda ekan. Oilasi bilan uzoq muddatli uchrashuvda ekani sababli u bilan uchrashishning imkoni bo‘lmagan. U yaqin 2 oy ichida ozodlikka chiqarilishi mumkin ekan.

    Mazkur shahardagi 4-sonli umumiy tartibli koloniyaga esa 1800 kishi sig‘adi. Koloniyada bloger Otabek Sattoriy jazo muddatini o‘tamoqda. U qurilish mollariga naqsh bosuvchi sexda operator. “Ezgulik” faoli bilan uchrashuvda o‘zining nohaq qamalgani, sudlarning adolatsizligini ta’kidlagan bloger oilada yolg‘iz boquvchi ekanini, ozodlikka chiqish uchun kurashayotgani va faqat prezident Mirziyoyevga ishonishini ta’kidlagan.

    Foto: O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati

    “Monitoring natijalariga ko‘ra, qamoqxonalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularning osh-ovqati sifatini yaxshilashga urinishmoqda. Shikoyatlarning asosiy qismi sud hukmlarining adolatsizligidan. Eng yomon ko‘rsatkich — mahkumlarning katta qismini yoshlarning tashkil qilishidir.

    Qiynoq va noinsoniy muomala turlari bo‘yicha hozircha shikoyat yo‘q. Ammo ayrim mahkumlar bunday holatlarni Buxorodagi koloniyalarda, Qarshidagi jazoni ijro etish muassasalarida eshitilayotgani haqida gapirishgan. ‘Ko‘ramiz, u tomonlarga ham safar rejalashtirish niyatimiz bor’, deydi guruh a’zolari.

    ‘Ezgulik’ jazoni ijro etish muassasalariga safarni tashkil qilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari vakili idorasiga minnatdorchilik bildiradi”, – deyiladi xabarda.

    Ushbu xabar O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmatining Facebook’dagi sahifasidan o‘chirib tashlandi. Lekin, jamiyat matbuot xizmati yuqoridagi ma’lumotlarni “Gazeta.uz” nashriga taqdim etgan.

    Ahmadboyga tayinlangan jazo

    2018-yilning 21-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Ahmadboy va uning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilinadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 211-moddasi (pora berish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan Ahmadboy, Olmos Qo‘chqorov, Izzatilla Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Azizjon Turdiyev va Rashid Ismoilovlarga nisbatan sud hukmi o‘qiladi.

    Mavzuga doir: “Ahmadboy vasvasasi” — O‘zbekistondagi eng shov-shuvli moliyaviy piramida asoschisi Ahmadjon Tursunboyev faoliyati xronologiyasi

    Otabek Sattoriyga tayinlangan jazo

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-maydagi hukmiga ko‘ra, Otabek Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari)ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 4-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokuror unga 11 yil qamoq jazosi tayinlanishini so‘ragandi.

    Uning advokati esa apellyatsiya shikoyatini berishini ma’lum qilgandi. Advokatning apellyatsiya ishini Surxondaryo viloyatidan boshqa viloyatga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnomasiga asosan apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rildi.
    Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi 29-iyun kuni boshlangandi. Sudlanuvchining advokati Umidbek Davlatovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, Bahodir Aliqulov raisligidagi sudyalar hay’ati o‘z qarori bilan bloger bo‘yicha hukmini o‘zgartirmagan. Ammo sudya blogerga Termizda sotib olgan ikki xonadonini qaytarib berish bo‘yicha hukm chiqargan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi tomonidan 6,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Otabek Sattoriyning ishi to‘g‘risida hukm chiqarilgan. Unga ko‘ra, Sattoriyga nisbatan tayinlangan 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘z kuchida qoldirilgan.

    19.05.2022, 17:45   Izoh (0)   68479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston elektr energiyasi uchun O‘zbekiston va Tojikistondan 100 mln dollar qarzdor bo‘lib qolgan

    19.05.2022, 17:21

    Qashqadaryoda fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 900 dollar pora olgan yo‘l qurilish uchastkasi boshlig‘i ushlandi

    19.05.2022, 16:45

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 100 so‘mdan pastladi

    19.05.2022, 16:15

    Surxondaryodan Toshkentga salkam 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan mashinalar to‘xtatib qolindi

    19.05.2022, 15:59

    O‘zbekistonda foydalanilgan vaksinalar soni 70 mln dozaga yaqinlashdi

    19.05.2022, 15:54

    “Yo‘l ta’miri faqat tungi vaqtlarda amalga oshirilishi kerak” — Alisher Qodirov

    19.05.2022, 15:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.